Innovatsion va loyihaviy menejment

Innovatsion biznes yoki innovatsion loyiha — bu har doim tavakkalli ammo qiziqarli ish. Innovatsiyalar bo`yicha rahnamolik — strategik menejment sohasida mashhur guru Maykl Poterning aytishicha rivojlanishning muvaffaqiyatli strategiyalaridan biri. Biroq, innovatsion tavakklchiliklarni tizimli va har tomonlama o`ylangan holda hisoblab chiqish har kimning ham qo`lidan kelavermaydi. Aynan, shuning uchun ham, Moscow Business School o`zining bitta MVA ixtisosligida diqqat-e’tiborning ikkita asosiy zonasi-innovatsiyalar va loyihalarni boshqarishni birlashtirdi, chunki biror yangi narsani yaratish doim loyihaviy yondashuvni talab qiladi. Innovatsion va kreativ komandalarni shakllantirish aspektlari, yangi biznes-loyiha g`oyasining havusizligini ta’minlash — biz taklif etayotgan MVA “Innovatsion va loyihaviy menejment” dasturi bo`yicha o`qish davrida siz ishlab chiqishingiz lozim bo`ladigan muammo va savollarning bir qismigina xolos.

O’qish jarayoni natijasida siz:

  • Innovatsion loyihalarga kirish bo`yicha boshqarish qarorlarini qabul qilishga yanada tizimliroq yondashishingiz mumkin;
  • Tavakkalchiliklarni, jumladan, moliyaviy-iqtisodiy, kadrlar bo`yicha, bozor tavakkalchiliklarni “oldindan hisoblashni” o`rganasiz;
  • Diplom ishi doirasida o`zingizning innovatsion loyihangizni amalga oshirish bo`yicha biznes-rejani tuza olasiz;
  • Boshqarishga loyihaviy va jarayonli yondashuvni o`zlashtirib olasiz;
  • Innovatsion loyihani rivojlantirish bo`yicha potentsial investor va hamkorlarning o`zaro munosabatlarini yo`lga qo`yishni o`rganib olasiz;
  • O`z loyihalaringizda qo`llash uchun an’anaviy va xalqaro marketing, operatsion menejment va boshqa sohalarda eng yaxshi tajribalarni moslashtira olasiz;
  • Innovatsion loyihalarni qurish va boshqarish bo`yicha kursdoshlaringiz va ekspert-amaliyotchilarning tajribalari bilan tanishasiz.

Dastur har qanday sohada innovatsion loyihalarni amalga oshiruvchi tashkilot rahbarlariga mo`ljallangan.

Ushbu dasturni tanlash kimlarga tavsiya etiladi?

  • Mas’uliyat doirasiga innovatsion loyihalarni amalga oshirish kiradigan turli darajadagi boshqaruv rahbarlariga;
  • Biznesni rivojlantirish yoki strategik boshqarish/marketing bo`yicha direktorlar/menejerlarga;
  • Innovatsion loyiha menejerlariga.

O`qitish muddati va o`quv rejasi

“Innovatsion va loyihaviy menejment” MVA dasturi bo`yicha o`qish muddati 2 yil. O`qish jarayonida 14 ta bazoviy modul, shuningdek ixtisoslik bo`yicha qo`shimcha modul o`rganilib, u o`tilayotganda siz prouessional muhitda mas’uliyat doirasiga innovatsion loyihalarni boshqarish kiradigan o`z hamkasabalaringiz bilan dolzarb muammolarni muhokama qilishingiz mumkin.

Яндекс.Метрика