Drupal ga web-ishlab chiqish

Zamonaviy biznes olamni Internetsiz tasavvur etish qiyin. Ko’plab kompaniyalar o’zlarining web-saytiga ega bo’lib, u odatda biznesni amalga oshirishning asosiy usuliga aylanmoqda. Ohirgi yillar davomida Internet nafaqat ahborot bilan ta’minlash omili bo’lib qoldi, balki daromad olish va yangi mijozlarni jalb qilishning samarali manbai bo’lib qoldi. Shuning uchun web-ilovalarning, shu bilan birga internet-do’konlarning ishlab chiqaruvchisi ahborot tehnologiyalari sohasida eng yuqori talabga ega kasb bo’lib qolmoqda.

Har bir web-ilova web-sharhlovchida ilova yoki saytning foydalanuvchisi o’zaro ta’sirda bo’ladigan server va mijoz qismlariga ega. Butun web-ilovaning ishlash samaradorligi va barqarorligi aynan ushbu ikki qismni realizasiya qilish sifatiga bog’liq.

Saytlarning tarkibini boshqarish bo’yicha tizimlar (CMS) nafaqat o’z saytingizni yaratishga, balki web-ilovalar ishining ularni to’g’ri sozlash kerak bo’lgan, tayyor va tekshirilgan dastur komponentlari hisobiga samaradorligini oshirishga imkoniyat beradi.

«Drupalga web — ishlab chiqish» dasturi bo’yicha o’qish davomida siz PHP va CMS Drupal tillaridan foydalangan holda sifatli web-ilovalarni yaratish uchun zarur bo’lgan barcha zarur bilimlar, ko’nikmalar va qobiliyatlarni egallaysiz.

Birinchi semester turli mutahassisliklar uchun umumiy hisoblanadi. Tayyorgarlik mobaynida siz ahborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etishning barcha bosqichlarida yaratish asoslarini o’rganib chiqishingiz, dasturlash, tarmoqalrni qurish va zamonaviy ahborot tehnologiyalardan foydalanish sohasida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishingiz mumkin. Dasturning ikkinchi qismi zarur bilimlarni va Drupal tarkibini boshqarish freymvorkini qo’llagan holda PHP dasturlash tilida web-saytlarni ishlab chiqishning amaliy ko’nikmalarini olishga imkoniyat beradi, shu bilan birga, shaxsiy modullarni yaratish, sayt prototiplarini ishlab chiqish, biznes-masalalarni hal etish uchun dasturiy ta’minotga ega integrasiyani, internet-do’konlarni ochish, shuningdek, turli maqsaddagi web-portallarni yaratish masalalarini hal etish.

O’qish maqsadi
Drupal tarkibini boshqarish freymvorkini qo’llagan holda PHP dasturlash tilida web-saytlarni ishlab chiqishning amaliy ko’nikmalari va bilimlarga ega bo’lish, shu bilan birga, shaxsiy modullarni yaratish, sayt prototiplarini ishlab chiqish, biznes-masalalarni hal etish uchun dasturiy ta’minotga ega integrasiyani, internet-do’konlarni ochish, shuningdek, turli maqsaddagi web-portallarni yaratish masalalarini hal etish.

Tinglovchilarning toifalari
Saytlar va web-ilovalarni (web-saytlar, web-portallar, web-servislar, elektron tijorat saytlari) ishlab chiqish bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan mutahassislar.

 
Kasbiy qayta tayyorlash
 
 
Malaka oshirish kurslari
 

Qo’shimcha ma’lumot
“Tarmoqli tehnologiyalar” fani doirasida o’qitiladigan tinglovchilar tekin asosda Cisco CCNA Discovery dasturi bo’yicha o’qitiladilar. Ushbu kurs mutahassisning yuqori malakasini va uning AT-sohasida tan olinishini ta’minlaydi. Hamma tinglovchilar Tarmoqli Akademiyaning yagona o’quv materiallaridan va Cisco kompaniyasining uskunalaridan foydalana oladilar. Fanni muvaffaqiyatli ravishda yakunlagandan so’ng tinglovchilar imtihonlardan o’tib, Cisco sertifikatiga ega bo’lish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.

O’qish jarayoni davomiyligi va rejimi
Professional qayta tayyorlash dasturlarida: 922 ak.s. (12 oy) Malaka oshirish dasturlarida: 318 ak.s.

O’qish rejimlari

  1. Haftada 16-24 soat
  2. Haftada 40 soat

Dam olish kunlari o’quv guruhi
Ushbu guruhda o’qish shanba va yakshanba kunlari 10.00 dan 17.00 gacha, tushlik va ikkita tanaffusni ichiga olgan holda tashkil qilinadi.

O’quv jarayonida masofadan o’qitish texnologiyalari qisman ishlatiladi, ya’ni ba’zi fanlar (masalan, xohish asosidagi fanlar) masofaviy tizim forumidagi elektron seminar rejimida va on-line ma’ruzalar shaklida o’tiladi. Bu vaqti tig’iz bo’lgan mutaxassis-amaliyotchilarni o’quv jarayoniga jab qilish imkonini beradi.

Qatnab o’qish darslari zamonaviy texnika bilan jihozlangan, samarali o’qish uchun zarur bo’lgan barcha talablarga javob beruvchi auditoriyada o’tiladi. Amaliy darslarda o’qituvchi zarur jarayonlarning amnalga oshishini yaqqol ko’rsatib beradi hamda har qanday vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengish uchun yakka tartibda yordam beradi.

Masofada o’qitish o’quv guruhi
Ushbu guruh o’qish jarayoni masofada o’qitishning old texnologiyalarining, yangi interfaol va multimedia qarorlar ishlatilishi orqali o’tiladi.

On-line ma’ruzalar (vebinarlar) tinglovchiga o’qituvchi bilan real davr rejimida aloqada bo’lishni , ma’ruzalar davomida vujudga keladigan savollarni berishni, kompyuter ish stolida o’qituvchi va tinglovchilar tomonidan amalga oshayotgan harakatlarni yuvorishga imkon beradi. O’quvchilar xohlagan vaqtda eng muvaffaqiyatli yozilgan vebinarlarni ko’rishlari mumkin.

E-learning (elektron seminarlar) o’quvchilarga o’rganilayotgan sohaning amaliy masalalarini chuqurroq o’rganish imkonini beradi. O’qituvchi holatiy masalalar, keyslar, dasturni yozish sifati, tizimni sozlashni taklif qiladi va bajarilishini baholaydi hamda natijalar va aktual savollarni masofaviy o’quv tizimi forumida muhokama qilishga jalb qiladi. On-line imtihon o’quv materialini o’zalshtirish darajasini mustaqil holda baholash imkonini beradi hamda o’qituvchi bilan chuqurroq o’rganish va muhokama ushun zarur masalalarni aniqlash imkonini beradi. Har bir fan bo’yicha yakuniy imtihon belgilanadi.

Abituriyentlarga talablar:
Oliy ma’lumoy (bakalavriat, mutaxassislik, magistratura) yoki o’rta-maxsus (texnikum, kollej) ta’lim haqida diplom.

Diplom va guvohnomalar:
Qayta tayyorlash professional dasturida ta’limni tugatgach, bitiruvchilar tanlangan soha bo’yicha ish faoliyatini olib borishga imkoniyat beruvchi professional qayta tayyorgarlik to’g’risida diplomga, ega bo’ladilar. По окончании обучении на программах повышения квалификации выпускники получают удостоверение о приобретении дополнительных профессиональных навыков и повышении профессиональных возможностей.

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
79 000 rub.
99 000 rub.*
99 000 rub.
59 000 rub.
89 000 rub.*
89 000 rub.
Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
55 000 rub.
75 000 rub.*
75 000 rub.
39 000 rub.
59 000 rub.*
59 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика