Java da web-ilovalarni ishlab chiqish

Bugungi kunda o’rta va yirik korhonalar uchun ilovalarni dasturlash biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish uchun qo’llaniladigan yondashuvlar va tehnologiyalarning butun spektrini bilmagan holda amalga oshirish tasavvurga sig’maydi. Korhonaning dasturiy ta’minlanishi darajasini yaratish uchun nihoyatda keng ko’lamdagi takliflarni Java dasturlash tili taqidm qilib, u barcha joylarda qo’llaniladi: portativ kompyuterlardan ma’lumotlarga ishlov berish markazlarigacha, o’yin pristavkalaridan ilmiy superkompyuterlargacha, mobil telefonlardan Internetgacha. Java — bu nafaqat zamonaviy dasturlash tili, balki hisoblash platformasi hamdir, va u shu bilan birga, ishonchlilik, ko’lamlilik, egiluvchanlik zarur bo’lgan yuqori ishlab chiqarish korhonalarida dasturiy ta’minot darajasini yaratish uchun qo’llaniladi.

Java tehnologiyalari mijozlar qismi va foydalanuvchi interfeysini yaratish uchun mo’ljallangan yuqori ishlab chiqarish va ko’lamli serverli qismi va qulay asboblar hisobiga har qanday mukammallikdagi web-ilovalarni bajarishga imkoniyat yaratadi.

O’quv dasturining birinchi qismi (birinchi semestr) turli mutahassisliklar uchun umumiy bo’lib, ahborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni yaratish asoslarini ishlab chiqish va joriy etishning barcha bosqichlarida o’rganish, dasturlash, tarmoqlarni qurish va zamonaviy ahborot tehnologiyalaridan foydalanish sohasida birlamchi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga yordam beradi.

Ihtisoslashtirilgan o’quv dasturining ikkinchi qismi biznes-ilovalarni yaratish sohasidagi nazariya va amaliy dasturlash amaliyoti bilan tanishishga yo’naltirilgan. Umumiy formatlar, ma’lumotlar bilan ishlash bayonnomalari va realizasiyasi, dasturiy ta’minotni loyihalash prinsiplari va tehnologiyalari ko’rib chiqiladi. Tafsiliy ravishda server va mijozlar component qarorini ishlab chiqish hususiyatlari o’rganib chiqiladi. Java tilida dasturlash shuningdek bir nechta tematik bo’limlar ko’rinishida o’rganiladi – bu til asoslari va dasturiy ta’minotni yaratish uchun undan foydalanish hususiyatlari.

O’qish maqsadi
Java dasturlash tilida biznes-ilovalarni ishlab chiqish masalalarini bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish, shu bilan birga, talablarni to’plash va tahlil qilish, tehnik spesifikasiyani ishlab chiqish, ilovalarni ishlab chiqish va sozlash, dasturiy komponentlarning integrasiyasi, kodning tahlili va optimallashtirilishi, sinovlarni rejalashtirish va o’tkazish, hujjatlarni yozish va foydalanuvchilarni o’qitish ham kiradi.

 
Kasbiy qayta tayyorlash
 
 
Malaka oshirish kurslari
 

Tinglovchilar toifalari
Web-ilovalarni (internet va intranet portallar, web-servislar, foydalanuvchi web-interfeyslari, korporativ saytlar) ishlab chiqish bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan mutahassislar.

Qo’shimcha ma’lumot
Olingan bilim va ko’nikmalar nafaqat mukammal ishlab chiqarish masalalarni muvaffaqiyatli tarzda hal qilishga, balki hohish bo’lgan taqdirda halqaro darajada tan olinadigan dasturiy ta’minotni ishlab chiqarish bo’yicha mutahassis statusini olishga sertifikasion imtihonlarni topshirishga a’lo darajada tayyorgarlik ko’rishga imkoniyat beradi.

“Tarmoqli tehnologiyalar” fani doirasida o’qitiladigan tinglovchilar tekin asosda Cisco CCNA Discovery dasturi bo’yicha o’qitiladilar. Ushbu kurs mutahassisning yuqori malakasini va uning AT-sohasida tan olinishini ta’minlaydi. Hamma tinglovchilar Tarmoqli Akademiyaning yagona o’quv materiallaridan va Cisco kompaniyasining uskunalaridan foydalana oladilar. Fanni muvaffaqiyatli ravishda yakunlagandan so’ng tinglovchilar imtihonlardan o’tib, Cisco sertifikatiga ega bo’lish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.

O’qish jarayoni davomiyligi va rejimi
Professional qayta tayyorlash dasturlarida: 986 ak.s. (12 oy) Malaka oshirish dasturlarida: 270 ak.s.

O’qish rejimlari

  1. Haftada 16-24 soat
  2. Haftada 40 soat

Dam olish kunlari o’quv guruhi
Ushbu guruhda o’qish shanba va yakshanba kunlari 10.00 dan 17.00 gacha, tushlik va ikkita tanaffusni ichiga olgan holda tashkil qilinadi.

O’quv jarayonida masofadan o’qitish texnologiyalari qisman ishlatiladi, ya’ni ba’zi fanlar (masalan, xohish asosidagi fanlar) masofaviy tizim forumidagi elektron seminar rejimida va on-line ma’ruzalar shaklida o’tiladi. Bu vaqti tig’iz bo’lgan mutaxassis-amaliyotchilarni o’quv jarayoniga jab qilish imkonini beradi.

Qatnab o’qish darslari zamonaviy texnika bilan jihozlangan, samarali o’qish uchun zarur bo’lgan barcha talablarga javob beruvchi auditoriyada o’tiladi. Amaliy darslarda o’qituvchi zarur jarayonlarning amnalga oshishini yaqqol ko’rsatib beradi hamda har qanday vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengish uchun yakka tartibda yordam beradi.

Masofada o’qitish o’quv guruhi
Ushbu guruh o’qish jarayoni masofada o’qitishning old texnologiyalarining, yangi interfaol va multimedia qarorlar ishlatilishi orqali o’tiladi.

On-line ma’ruzalar (vebinarlar) tinglovchiga o’qituvchi bilan real davr rejimida aloqada bo’lishni , ma’ruzalar davomida vujudga keladigan savollarni berishni, kompyuter ish stolida o’qituvchi va tinglovchilar tomonidan amalga oshayotgan harakatlarni yuvorishga imkon beradi. O’quvchilar xohlagan vaqtda eng muvaffaqiyatli yozilgan vebinarlarni ko’rishlari mumkin.

E-learning (elektron seminarlar) o’quvchilarga o’rganilayotgan sohaning amaliy masalalarini chuqurroq o’rganish imkonini beradi. O’qituvchi holatiy masalalar, keyslar, dasturni yozish sifati, tizimni sozlashni taklif qiladi va bajarilishini baholaydi hamda natijalar va aktual savollarni masofaviy o’quv tizimi forumida muhokama qilishga jalb qiladi.

On-line imtihon o’quv materialini o’zalshtirish darajasini mustaqil holda baholash imkonini beradi hamda o’qituvchi bilan chuqurroq o’rganish va muhokama ushun zarur masalalarni aniqlash imkonini beradi. Har bir fan bo’yicha yakuniy imtihon belgilanadi.

Abituriyentlarga talablar:
Oliy ma’lumoy (bakalavriat, mutaxassislik, magistratura) yoki o’rta-maxsus (texnikum, kollej) ta’lim haqida diplom.

Diplom va guvohnomalar:
Qayta tayyorlash professional dasturida ta’limni tugatgach, bitiruvchilar tanlangan soha bo’yicha ish faoliyatini olib borishga imkoniyat beruvchi professional qayta tayyorgarlik to’g’risida diplomga ega bo’ladilar. По окончании обучении на программах повышения квалификации выпускники получают удостоверение о приобретении дополнительных профессиональных навыков и повышении профессиональных возможностей.

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl MTTni qo’llash bilan sirtqi shakl
79 000 rub.
99 000 rub.*
99 000 rub.
59 000 rub.
89 000 rub.*
89 000 rub.
Dam olish kunidagi sirtqi shakl MTTni qo’llash bilan sirtqi shakl
55 000 rub.
75 000 rub.*
75 000 rub.
39 000 rub.
59 000 rub.*
59 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика