Python tilida ilovalarni ishlab chiqish

Zamonaviy olamni inson hayotining deyarli hamma sohalarini qamrab olgan va faol ravishda biznesni yuritish uchun qo’llanilayotgan ahborot tehnologiyalari va Internetsiz tasavvur etish qiyin. Bunda korhonalar uchun biznesni yuritishning ahborot vositalarini quvvatlash tizimini ham korhona ichida, ham Internet tarmog’ida joriy etish juda muhim. Shuning uchun universal bo’la oladigan va o’zini ham biznes-ilovalarni yaratishda, ham mijozlar bilan bog’lanishni va mahsulot va xizmatlarning sotilishini ta’minlovchi web-ilovalarni ishlab chiqishda ko’rsata oladigan ilovalarni ishlab chiqaruvchilari yuqori talabga ega bolib kelmoqda.

Python tilida ilovalarni ishlab chiquvchisi egiluvchan stolusti, mijoz-serverli va web-ilovalarni teng ravishda oson va tez yaratishga imkon beruvchi asboblarga egadir. Aynan shu sababdan, Python tilida ishlab chiquvchilar dunyoning yirik ahborot kompaniyalarida nihoyatda yuqori talabga ega.

O’quv dasturining birinchi qismi (birinchi semestr) turli mutahassisliklar uchun umumiy bo’lib, ahborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni yaratish asoslarini ishlab chiqish va joriy etishning barcha bosqichlarida o’rganish, dasturlash, tarmoqlarni qurish va zamonaviy ahborot tehnologiyalaridan foydalanish sohasida birlamchi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga yordam beradi.

O’quv dasturining ikkinchi qismida siz Python umumiy maqsaddagi dasturlash tilida ilovalarni ishlab chiqish borasida barcha zarur bilimlarni va amaliy ko’nikmalarni egallaysiz, bularga Django freymvorkidan foydalangan tarzda web-ilovalarni yaratish, dasturiy tizimlar ptototiplarini ishlab chiqish, hamda, biznes-masalalarni hal qilish uchun dasturiy ta’minot integrasiyasi, turli sohalarda va aksariyat platformalarda ilovalarni tezlashtirgan holda bajarish vazifalarini bajarish kiradi.

O’qish maqsadi
Python umumiy maqsaddagi dasturlash tilida ilovalarni ishlab chiqish borasida barcha zarur bilimlarni va amaliy ko’nikmalarni egallash, bularga Django freymvorkidan foydalangan tarzda web-ilovalarni yaratish, dasturiy tizimlar ptototiplarini ishlab chiqish, hamda, biznes-masalalarni hal qilish uchun dasturiy ta’minot integrasiyasi, turli sohalarda va aksariyat platformalarda ilovalarni tezlashtirgan holda bajarish vazifalarini bajarish kiradi.

Tinglovchilar toifalari
biznes va web-ilovalarni ishlab chiqish bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan mutahassislar (biznes-analitika, hisob, biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlari, amaliy ilovalar integrasiyasi, web-saytlar, web-portallar, web-servislar).

 
Kasbiy qayta tayyorlash
 
 
Malaka oshirish kurslari
 

Qo’shimcha ma’lumot
“Tarmoqli tehnologiyalar” fani doirasida o’qitiladigan tinglovchilar tekin asosda Cisco CCNA Discovery dasturi bo’yicha o’qitiladilar. Ushbu kurs mutahassisning yuqori malakasini va uning AT-sohasida tan olinishini ta’minlaydi. Hamma tinglovchilar Tarmoqli Akademiyaning yagona o’quv materiallaridan va Cisco kompaniyasining uskunalaridan foydalana oladilar. Fanni muvaffaqiyatli ravishda yakunlagandan so’ng tinglovchilar imtihonlardan o’tib, Cisco sertifikatiga ega bo’lish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.

O’qish jarayoni davomiyligi va rejimi
Professional qayta tayyorlash dasturlarida: 1076 ak.s. (12 oy) Malaka oshirish dasturlarida: 392 ak.s.

O’qish rejimlari

  1. Haftada 16-24 soat
  2. Haftada 40 soat

Dam olish kunlari o’quv guruhi
Ushbu guruhda o’qish shanba va yakshanba kunlari 10.00 dan 17.00 gacha, tushlik va ikkita tanaffusni ichiga olgan holda tashkil qilinadi. O’quv jarayonida masofadan o’qitish texnologiyalari qisman ishlatiladi, ya’ni ba’zi fanlar (masalan, xohish asosidagi fanlar) masofaviy tizim forumidagi elektron seminar rejimida va on-line ma’ruzalar shaklida o’tiladi. Bu vaqti tig’iz bo’lgan mutaxassis-amaliyotchilarni o’quv jarayoniga jab qilish imkonini beradi.

Qatnab o’qish darslari zamonaviy texnika bilan jihozlangan, samarali o’qish uchun zarur bo’lgan barcha talablarga javob beruvchi auditoriyada o’tiladi. Amaliy darslarda o’qituvchi zarur jarayonlarning amnalga oshishini yaqqol ko’rsatib beradi hamda har qanday vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengish uchun yakka tartibda yordam beradi.

Masofada o’qitish o’quv guruhi
Ushbu guruh o’qish jarayoni masofada o’qitishning old texnologiyalarining, yangi interfaol va multimedia qarorlar ishlatilishi orqali o’tiladi.

On-line ma’ruzalar (vebinarlar) tinglovchiga o’qituvchi bilan real davr rejimida aloqada bo’lishni , ma’ruzalar davomida vujudga keladigan savollarni berishni, kompyuter ish stolida o’qituvchi va tinglovchilar tomonidan amalga oshayotgan harakatlarni yuvorishga imkon beradi. O’quvchilar xohlagan vaqtda eng muvaffaqiyatli yozilgan vebinarlarni ko’rishlari mumkin.

E-learning (elektron seminarlar) o’quvchilarga o’rganilayotgan sohaning amaliy masalalarini chuqurroq o’rganish imkonini beradi. O’qituvchi holatiy masalalar, keyslar, dasturni yozish sifati, tizimni sozlashni taklif qiladi va bajarilishini baholaydi hamda natijalar va aktual savollarni masofaviy o’quv tizimi forumida muhokama qilishga jalb qiladi.

On-line imtihon o’quv materialini o’zalshtirish darajasini mustaqil holda baholash imkonini beradi hamda o’qituvchi bilan chuqurroq o’rganish va muhokama ushun zarur masalalarni aniqlash imkonini beradi. Har bir fan bo’yicha yakuniy imtihon belgilanadi.

Abituriyentlarga talablar:
Oliy ma’lumoy (bakalavriat, mutaxassislik, magistratura) yoki o’rta-maxsus (texnikum, kollej) ta’lim haqida diplom.

Diplom va guvohnomalar:
Qayta tayyorlash professional dasturida ta’limni tugatgach, bitiruvchilar tanlangan soha bo’yicha ish faoliyatini olib borishga imkoniyat beruvchi professional qayta tayyorgarlik to’g’risida diplomga, ega bo’ladilar. По окончании обучении на программах повышения квалификации выпускники получают удостоверение о приобретении дополнительных профессиональных навыков и повышении профессиональных возможностей.

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
79 000 rub.
99 000 rub.*
99 000 rub.
59 000 rub.
89 000 rub.*
89 000 rub.
Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
55 000 rub.
75 000 rub.*
75 000 rub.
39 000 rub.
59 000 rub.*
59 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика