Ruby tilida web-ilovalarni ishlab chiqish

Zamonaviy olamda ishonchli va qulay ilovalarsiz ishimizni tasavvur etish qiyin. Astoydil yozish tezligiga va dasturlarning ishonchliliga bo’lgan talablar jiddiylashib bormoqda. Dasturlashning ko’plab tillari ruhan eskirib ketgan va biznes-ilovalarni yozish zamonaviy standartlariga muvofiq emas. Dasturlarni qo’llash sohalar soni o’sib bormoqda va shu bilan birga yahshi dasturchilarning maoshlari ham oshmoqda.

Bugungi kunda eng zamonaviy va istiqbolli dasturlash tili bo’lib Ruby tili hisoblanadi. U tasavvurga sig’maydigan egiluvchanlik, va shu bilan bir paytda ifodalanishi va oddiyligi bilan ham tizimli boshqarish masalalarini ham amaliy masalalarni hal qilishda eng mashxur tilga aylandi. Ruby dasturlash tilida turli ilovalar va yirik loyihalar yaratiladi: kompyuter o’yinlari, web-portallar, ma’lumotlar bazasi va turli maqsaddagi ilovalar bilan ishlash uchun ilovalar.

Ruby da (RubyOnRails, Sinatra va boshqalar) turli freymvorklardan foydalanib, juda mukammal va oson ko’lamlashtiriladigan turli ma’lumotlar bilan ishlash uchun web-ilovalarni yaratish mumkin: matnlar, audio va video-ma’lumotlar.

O’quv dasturining birinchi qismi (birinchi semestr) turli mutahassisliklar uchun umumiy bo’lib, ahborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni yaratish asoslarini ishlab chiqish va joriy etishning barcha bosqichlarida o’rganish, dasturlash, tarmoqlarni qurish va zamonaviy ahborot tehnologiyalaridan foydalanish sohasida birlamchi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga yordam beradi.

O’quv dasturning ikkinchi qismini o’rganish davomida siz Ruby tilidan foydalangan holda turli ilovalarni yaratish uchun zarur bo’lgan bilimlar va ko’nikmalarga ega bo’lasiz. Turli web-ilovalarni yaratish prinsiplarini o’zlashtirasiz va deyarli har qanday mukammallikdagi internet-loyihalarni yarata olasiz.

O’qish maqsadi
Ruby tilidan foydalangan holda turli ilovalarni yaratish uchun zarur bo’lgan bilimlar va ko’nikmalarga ega bo’lish.

Tinglovchilarning toifalari
Ruby da web-ilovalarni ishlab chiqish bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan mutahassislar.

 
Kasbiy qayta tayyorlash
 
 
Malaka oshirish kurslari
 

Qo’shimcha ma’lumot
“Tarmoqli tehnologiyalar” fani doirasida o’qitiladigan tinglovchilar tekin asosda Cisco CCNA Discovery dasturi bo’yicha o’qitiladilar. Ushbu kurs mutahassisning yuqori malakasini va uning AT-sohasida tan olinishini ta’minlaydi. Hamma tinglovchilar Tarmoqli Akademiyaning yagona o’quv materiallaridan va Cisco kompaniyasining uskunalaridan foydalana oladilar. Fanni muvaffaqiyatli ravishda yakunlagandan so’ng tinglovchilar imtihonlardan o’tib, Cisco sertifikatiga ega bo’lish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.

O’qish jarayoni davomiyligi va rejimi
Professional qayta tayyorlash dasturlarida: 932 ak.s. (12 oy)Malaka oshirish dasturlarida: 376 ak.s.

O’qish rejimlari

  1. Haftada 16-24 soat
  2. Haftada 40 soat

Dam olish kunlari o’quv guruhi
Ushbu guruhda o’qish shanba va yakshanba kunlari 10.00 dan 17.00 gacha, tushlik va ikkita tanaffusni ichiga olgan holda tashkil qilinadi.

O’quv jarayonida masofadan o’qitish texnologiyalari qisman ishlatiladi, ya’ni ba’zi fanlar (masalan, xohish asosidagi fanlar) masofaviy tizim forumidagi elektron seminar rejimida va on-line ma’ruzalar shaklida o’tiladi. Bu vaqti tig’iz bo’lgan mutaxassis-amaliyotchilarni o’quv jarayoniga jab qilish imkonini beradi.

Qatnab o’qish darslari zamonaviy texnika bilan jihozlangan, samarali o’qish uchun zarur bo’lgan barcha talablarga javob beruvchi auditoriyada o’tiladi. Amaliy darslarda o’qituvchi zarur jarayonlarning amnalga oshishini yaqqol ko’rsatib beradi hamda har qanday vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengish uchun yakka tartibda yordam beradi.

Masofada o’qitish o’quv guruhi
Ushbu guruh o’qish jarayoni masofada o’qitishning old texnologiyalarining, yangi interfaol va multimedia qarorlar ishlatilishi orqali o’tiladi.

On-line ma’ruzalar (vebinarlar) tinglovchiga o’qituvchi bilan real davr rejimida aloqada bo’lishni , ma’ruzalar davomida vujudga keladigan savollarni berishni, kompyuter ish stolida o’qituvchi va tinglovchilar tomonidan amalga oshayotgan harakatlarni yuvorishga imkon beradi. O’quvchilar xohlagan vaqtda eng muvaffaqiyatli yozilgan vebinarlarni ko’rishlari mumkin.

E-learning (elektron seminarlar) o’quvchilarga o’rganilayotgan sohaning amaliy masalalarini chuqurroq o’rganish imkonini beradi. O’qituvchi holatiy masalalar, keyslar, dasturni yozish sifati, tizimni sozlashni taklif qiladi va bajarilishini baholaydi hamda natijalar va aktual savollarni masofaviy o’quv tizimi forumida muhokama qilishga jalb qiladi.

On-line imtihon o’quv materialini o’zalshtirish darajasini mustaqil holda baholash imkonini beradi hamda o’qituvchi bilan chuqurroq o’rganish va muhokama ushun zarur masalalarni aniqlash imkonini beradi. Har bir fan bo’yicha yakuniy imtihon belgilanadi.

Abituriyentlarga talablar:
Oliy ma’lumoy (bakalavriat, mutaxassislik, magistratura) yoki o’rta-maxsus (texnikum, kollej) ta’lim haqida diplom.

Diplom va guvohnomalar:
Qayta tayyorlash professional dasturida ta’limni tugatgach, bitiruvchilar tanlangan soha bo’yicha ish faoliyatini olib borishga imkoniyat beruvchi professional qayta tayyorgarlik to’g’risida diplomga, ega bo’ladilar. По окончании обучении на программах повышения квалификации выпускники получают удостоверение о приобретении дополнительных профессиональных навыков и повышении профессиональных возможностей.

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
79 000 rub.
99 000 rub.*
99 000 rub.
59 000 rub.
89 000 rub.*
89 000 rub.
Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
55 000 rub.
75 000 rub.*
75 000 rub.
39 000 rub.
59 000 rub.*
59 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика