Tizim boshqaruvi (Microsoft Windows ixtisosligi)

Zamonaviy axborot tizimlarini boshqarish asosiy platformani boshqarishga asoslanadi, va bugungi kunda ushbu platfromalarning 90% Microsoft Windows taqdim etadi. Yangi mijozlik va serverlik operatsion tizimlarning (Windows 7 va Windows Server 2008) vujudga kelishi AT infratuzilmalarining sifatini, ishonchliligini va boshqarilishini yuqori ur’atda o’sishiga olib kelishga imkon beruvchi ko’pgina yangiliklar bilan bog’liq.

Yangi texnologiyalar yangi bilimlarni talab qiladi. Zamonaviy administrator o’zini professional mutaxassis deb bilishi uchun nafaqat operatsion tizimlar asboblarini ishlata olishi, balki tarmoqli texnologiyalar, ma’lumotlar omborida amaliy bilimlarga ega bo’lishi, ish samaradorligini qo’shimcha dasturlar va dasturlash texnologiyalari yordamida oshirishni bilishi kerak. Bundan tashqari, AT dan foydalanish bo’linmalar rahbarlari va foydalanuvchilari bilan o’zaro muloqotni, ya’ni standartlarning zamonaviy talablari va uslublari sohasida bilim, guruhda ishlash qobiliyati, ish natijasini to’g’ri tartibda hujjatlashtirish malakasini talab qiladi.

Virtuallashtirish, ma’lumotlar himoyasi, rad javoblarga muqobil bo’lgan qarorlarni ishlab chiqish kabi masalarni yechish borasidagi amaliy bilimlar tizim boshqaruvchisi uchun qo’shimcha qiymat beradi. Bundan tashqari, zamonaviy tarmoqlarda keng tarqalgan boshqa operatsion tizimlar (masalan, Linux) borasida asosiy bilimlarga ega bo’lish muhim.

O’quv dasturi maqsadi:
Zamonaviy tashkilotda shaxsiy kompyuterlar, serverlar, Microsoft Windows OS dasturlari tarmoqlarini boshqarish masalalarini amalga oshirish, Microsoft Windows OS sohasida ishoncli faoliyat olib borishini ta’minlash, axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy qarorlar bilan integratsiyalashuvi va rivojlanish uchun kerakli bilim va amaliy malakalarni olish.

 
Kasbiy qayta tayyorlash
 
 
Malaka oshirish kurslari
 

Tinglovchilar toifalari:
Microsoft Windows platformasi axborot tizimlarini boshqarish masalalarini amalga oshiruvchi yoki amalga oshirishni rejalashtiruvchi mutaxassislar.

Qo’shimcha
Orttirilgan bilim va malakalar nafaqat ishlab chiqarishdagi murakkab masalalarni yechish, balki ОС Microsoft Windows — Microsoft Certified Technology Specialist va IT professional bazasi asosida tarmoqni boshqarish bo’yicha xalqaro mutaxassisi nomini olish uchun topshiriladigan sertifikatsiyalash imtihonlariga tayyorlanish imkoniyatini beradi.

“Tarmoq texnologiyalari” yo’nalishi tinglovchilari Cisco CCNA Diskaveri dasturida bepul tahsil olishadi. Ushbu dastur mutaxassisni yuqori malaka va uning AT sohasidagi tan olinishini ta’minlaydi. Barcha tinglovchilar Tarmoq Akademiyasi o’quv materiallari va Cisco tashkilotining uskunalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Yo’nalishni muvaffaqiyatli tugatgach, tinglovchilar imtihon topshirib, Cisco sertifikatini olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

O’quv davomiyligi va rejimi
Qayta tayyorlanish professional dasturida tahsil olish: 794 o’quv soati (12 oy) При обучении на программах повышения квалификации: 372 ак.ч.

O’quv rejimi:

  1. Haftasiga 16-24 soat
  2. Haftasiga 40 soat

Dam olish kunlari o’quv guruhi
Ushbu guruhda o’qish shanba va yakshanba kunlari 10.00 dan 17.00 gacha, tushlik va ikkita tanaffusni ichiga olgan holda tashkil qilinadi.

O’quv jarayonida masofadan o’qitish texnologiyalari qisman ishlatiladi, ya’ni ba’zi fanlar (masalan, xohish asosidagi fanlar) masofaviy tizim forumidagi elektron seminar rejimida va on-line ma’ruzalar shaklida o’tiladi. Bu vaqti tig’iz bo’lgan mutaxassis-amaliyotchilarni o’quv jarayoniga jab qilish imkonini beradi.

Qatnab o’qish darslari zamonaviy texnika bilan jihozlangan, samarali o’qish uchun zarur bo’lgan barcha talablarga javob beruvchi auditoriyada o’tiladi. Amaliy darslarda o’qituvchi zarur jarayonlarning amnalga oshishini yaqqol ko’rsatib beradi hamda har qanday vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengish uchun yakka tartibda yordam beradi.

Masofada o’qitish o’quv guruhi
Ushbu guruh o’qish jarayoni masofada o’qitishning old texnologiyalarining, yangi interfaol va multimedia qarorlar ishlatilishi orqali o’tiladi.

On-line ma’ruzalar (vebinarlar) tinglovchiga o’qituvchi bilan real davr rejimida aloqada bo’lishni , ma’ruzalar davomida vujudga keladigan savollarni berishni, kompyuter ish stolida o’qituvchi va tinglovchilar tomonidan amalga oshayotgan harakatlarni yuvorishga imkon beradi. O’quvchilar xohlagan vaqtda eng muvaffaqiyatli yozilgan vebinarlarni ko’rishlari mumkin.

E-learning (elektron seminarlar) o’quvchilarga o’rganilayotgan sohaning amaliy masalalarini chuqurroq o’rganish imkonini beradi. O’qituvchi holatiy masalalar, keyslar, dasturni yozish sifati, tizimni sozlashni taklif qiladi va bajarilishini baholaydi hamda natijalar va aktual savollarni masofaviy o’quv tizimi forumida muhokama qilishga jalb qiladi.

On-line imtihon o’quv materialini o’zalshtirish darajasini mustaqil holda baholash imkonini beradi hamda o’qituvchi bilan chuqurroq o’rganish va muhokama ushun zarur masalalarni aniqlash imkonini beradi. Har bir fan bo’yicha yakuniy imtihon belgilanadi.

Abituriyentlarga talablar:
Oliy ma’lumoy (bakalavriat, mutaxassislik, magistratura) yoki o’rta-maxsus (texnikum, kollej) ta’lim haqida diplom.

Diplom va guvohnomalar:
Qayta tayyorlash professional dasturida ta’limni tugatgach, bitiruvchilar tanlangan soha bo’yicha ish faoliyatini olib borishga imkoniyat beruvchi professional qayta tayyorgarlik to’g’risida diplomga, ega bo’ladilar. По окончании обучении на программах повышения квалификации выпускники получают удостоверение о приобретении дополнительных профессиональных навыков и повышении профессиональных возможностей.

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
79 000 rub.
99 000 rub.*
99 000 rub.
59 000 rub.
89 000 rub.*
89 000 rub.
Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
55 000 rub.
75 000 rub.*
75 000 rub.
39 000 rub.
59 000 rub.*
59 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика