VMware vSphere 5.0 platformasida virtual infratuzilmalarni yaratish

Bugungi kunda biznes-jarayonlar turli tehnik masalalarni hal qilishni talab qiladi:

  • Kompyuter apparat ta’minotini taqlid qilish zaruriyati
  • Haqiqiy muhitda sinovlarni tashkil etish, foydalanuvchilarni o’rgatish
  • Bir paytda ish kompyuterida bir nechta operasion tizimlarini ishlatish imkoniyati
  • Tashkilotda serverlar miqdorini kamaytirish yo’llarini qidirish

Virtualizasiya tehnologiyasi — ushbu masalalarning aktual echimidir. Uning qo’llanilishi serverning mavjud resurslarini maksimal darajada ishlatish imkoniyatini ta’minlaydi, uni boshqarish jarayonlarini osonlashtiradi, tizimning ishlash xavfsizligini va ishonchliligini oshiradi.

«VMware vSphere 5.0 platformasida virtual infratuzilmalarni yaratish» dasturi bo’yicha o’qish natijasida siz VMware vSphere 5.0 platformasida virtual infratuzilmalarni tarqatish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lasiz.

VMware vSphere — ESXi/ESX gipervizorlar bazasida qurilgan va vCenter Server yordamida boshqariladigan butun kompaniya ko’lamini virtualizasiya qilish qaroridir.

Oq’uv dasturning birinchi qismi (birinchi semestr) turli mutahassisliklar uchun umumiy hisoblanadi. O’qish natijasida siz:

  • Ahborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilishning barcha bosqichlarida yaratish asoslarini o’rganib chiqasiz
  • Tarmoqlarni dasturlash, qurish va zamonaviy ahborot tehnologiyalaridan foydalanish sohasida birlamchi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lasiz

O’quv dasturning ikkinchi qismi mutahassislik fanlarini o’rganish asosida qurilgan bo’lib, ularning doirasida siz VMware vSphere 5.0 platformasida virtual infratuzilmalarni joriy etish va kuzatish masalalarini hal qilish uchun zarur bo’lgan bililm va ko’nikmalarga ega bo’lasiz, shu bilan birga:

  • Bulutli muhitlar va ma’lumotlarga ishlov berish markazlarini qurish
  • Yuqori foydalanish imkoniyati va rad etishga qat’iy turishni amalga oshirish
  • Ishlab chiqarish kuchining monitoringi
  • Korhonaning mavjud bo’lgan ahborot-kommunikasion infratuzilmasi bilan integrasiya

«VMware vSphere 5.0 platformasida virtual infratuzilmalarni yaratish» fani «VMware vSphere: Install, Configure, Manage [V5.0]» VMware rasmiy kursiga muvofiq hisoblanadi. Kurs tugagach talabalar VCP5-DV (VMware Certified Professional — Datacenter Virtualization (on vSphere 5) imtihonini topshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Kursni muvaffaqiyatli ravishda tamomlagach, talaba sertifikatga ega bo’lish uchun VMware dan 70 % li chegirmaga ega bo’ladi.

O’qish maqsadi
VMware vSphere 5.0 platformasida virtual infratuzilmalarni joriy etish va kuzatish masalalarini hal qilish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish, bularga bulutli muhitlar va ma’lumotlarga ishlov berish markazlarini qurish, yuqori foydalanish imkoniyati va rad etishga qat’iy turishni amalga oshirish, ishlab chiqarish kuchining monitoringi hamda korhonaning mavjud bo’lgan ahborot-kommunikasion infratuzilmasi bilan integrasiya qilish masalalari kiradi.

Tinglovchilarning toifalari
VMware vSphere 5.0 platformasida virtual infratuzilmalarni tarqatish bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan mutahassislar.

 
Kasbiy qayta tayyorlash
 
 
Malaka oshirish kurslari
 

Qo’shimcha tarzida
“Tarmoqli tehnologiyalar” fani doirasida o’qitiladigan tinglovchilar tekin asosda Cisco CCNA Discovery dasturi bo’yicha o’qitiladilar. Ushbu kurs mutahassisning yuqori malakasini va uning AT-sohasida tan olinishini ta’minlaydi. Hamma tinglovchilar Tarmoqli Akademiyaning yagona o’quv materiallaridan va Cisco kompaniyasining uskunalaridan foydalana oladilar. Fanni muvaffaqiyatli ravishda yakunlagandan so’ng tinglovchilar imtihonlardan o’tib, Cisco sertifikatiga ega bo’lish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.

O’qish jarayoni davomiyligi va rejimi
Professional qayta tayyorlash dasturlarida: 904 ak.s. (12 oy) Malaka oshirish dasturlarida: 376 ak.s.

O’qish rejimlari
I semester: haftada: 16-24 soat
II semester: haftada 40 soat

Dam olish kunlari o’quv guruhi
Ushbu guruhda o’qish shanba va yakshanba kunlari 10.00 dan 17.00 gacha, tushlik va ikkita tanaffusni ichiga olgan holda tashkil qilinadi.

O’quv jarayonida masofadan o’qitish texnologiyalari qisman ishlatiladi, ya’ni ba’zi fanlar (masalan, xohish asosidagi fanlar) masofaviy tizim forumidagi elektron seminar rejimida va on-line ma’ruzalar shaklida o’tiladi. Bu vaqti tig’iz bo’lgan mutaxassis-amaliyotchilarni o’quv jarayoniga jab qilish imkonini beradi.

Qatnab o’qish darslari zamonaviy texnika bilan jihozlangan, samarali o’qish uchun zarur bo’lgan barcha talablarga javob beruvchi auditoriyada o’tiladi. Amaliy darslarda o’qituvchi zarur jarayonlarning amnalga oshishini yaqqol ko’rsatib beradi hamda har qanday vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengish uchun yakka tartibda yordam beradi.

Masofada o’qitish o’quv guruhi
Ushbu guruh o’qish jarayoni masofada o’qitishning old texnologiyalarining, yangi interfaol va multimedia qarorlar ishlatilishi orqali o’tiladi.

On-line ma’ruzalar (vebinarlar) tinglovchiga o’qituvchi bilan real davr rejimida aloqada bo’lishni , ma’ruzalar davomida vujudga keladigan savollarni berishni, kompyuter ish stolida o’qituvchi va tinglovchilar tomonidan amalga oshayotgan harakatlarni yuvorishga imkon beradi. O’quvchilar xohlagan vaqtda eng muvaffaqiyatli yozilgan vebinarlarni ko’rishlari mumkin.

E-learning (elektron seminarlar) o’quvchilarga o’rganilayotgan sohaning amaliy masalalarini chuqurroq o’rganish imkonini beradi. O’qituvchi holatiy masalalar, keyslar, dasturni yozish sifati, tizimni sozlashni taklif qiladi va bajarilishini baholaydi hamda natijalar va aktual savollarni masofaviy o’quv tizimi forumida muhokama qilishga jalb qiladi.

On-line imtihon o’quv materialini o’zalshtirish darajasini mustaqil holda baholash imkonini beradi hamda o’qituvchi bilan chuqurroq o’rganish va muhokama ushun zarur masalalarni aniqlash imkonini beradi. Har bir fan bo’yicha yakuniy imtihon belgilanadi.

Abituriyentlarga talablar:
Oliy ma’lumoy (bakalavriat, mutaxassislik, magistratura) yoki o’rta-maxsus (texnikum, kollej) ta’lim haqida diplom.

Diplom va guvohnomalar:
Qayta tayyorlash professional dasturida ta’limni tugatgach, bitiruvchilar tanlangan soha bo’yicha ish faoliyatini olib borishga imkoniyat beruvchi professional qayta tayyorgarlik to’g’risida diplomga ega bo’ladilar. По окончании обучении на программах повышения квалификации выпускники получают удостоверение о приобретении дополнительных профессиональных навыков и повышении профессиональных возможностей.

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
89 000 rub.
109 000 rub.*
109 000 rub.
69 000 rub.
99 000 rub.*
99 000 rub.
Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
55 000 rub.
75 000 rub.*
75 000 rub.
39 000 rub.
59 000 rub.*
59 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика