Moscow Technological Institute ikkinchi oliy ma’lumotni olish

Agar sizda oliy ma’lumot bo’lsa-yu, u siz ishlashni istagan faoliyat sohasiga to’g’ri kelmasa, Moscow Technological Institute sizga iloji boricha tez orada ikkinchi oliy ta’lim dasturi bo’yicha o’qishni boshlashni tavsiya etadi.

MTI bakalavriatda fundamental ta’lim olishni yoki magistr darajasini qo’lga kiritishni, hamda ish boshqaruvi sohasidagi bilimlarni chuqurlashtirishni taklif qiladi. Bakalavriatda ta’lim olish fundamental, eng asosiy tushunchalardan boshlab siz uchun yangi bo’lgan yo’nalishlar bilan tanishuvni nazarda tutadi, ammo alohida ilgari o’tilgan fanlarni qayta hisoblagan holda  qisqartirilgan dasturda (3,5 yil) ta’lim olishni ham ko’zda tutadi. Magistraturada o’qish (2-2,5 yil) sizdan ko’proq ma’suliyatni talab qiladi, chunki o’rganilayotgan yo’na;ish sohasida asosiy bilimlar bilan tanish ekanligingizni taxmin qiladi va ma’lum ixtisoslikni chuqurroq va to’liq o’zlashtirilishiga asoslanadi.

Moscow Technological Institute an’anaviy o’qitish uslublaridan tashqari masofada o’qitish texnologiyalarini qo’llovchi sirtqi ta’lim imkoniyatini beradi. Bu o’qish shakli asosan ish va o’qishni bir vaqtda olib borishni istagan insonlarga to’g’ri keladi. Masofada o’qitish texnologiyalari sayyoraning istagan burchagidan va o’quvchi uchun qulay bo’lgan vaqtda, uy ishlari, oila va ishdan chalg’imagan holda o’qish imkoniyatini beradi.

Quyidagi sahifalarda siz qiziqtirayotgan yo’nalishlarni tanlash va MTI bakalavriat hamda magistratura dasturlarida o’qitish profillari bilan yaxshilab tanishib chiqishingiz mumkin:

Яндекс.Метрика