Kravchenko Veronika Aleksandrovna

Mijozlar bilan ishlash bo’yicha mutaxassis

Turli qarashlar orqali bu oliy o’quv yurtini topdim. Masofadan ta’lim olish shaklini tanladim. Biror marta ham pushaymon bo’lmadim — bu yerda o’qish juda qiziq. Foydali. Asosiysi – bu mening ishimga halal bermayapti! Ayniqsa yoqadigan tarafi — nafaqat o’zimning soham, balki boshqa ixtisosliklar bo’yicha ham vebinarlarni tinglash mumkin. Birinchidan, bu dunyoqarashni kengaytiradi — juda kuchli. Ikkinchidan — bu mening ishim va hayotimda rosa yordam beradi — o’zim uchun juda ko’p foydali ma’lumot olsam bo’ladi. Xohish bo’lsa, albatta. Ko’plab tengdoshlarimdan eshitamanki, boshqa oliy o’quv yurtlarining hatto qatnamay o’qish bo’limida ta’lim olib turib ham bir vaqtda o’qish va ishlashning imkoni bo’lmaydi. Men uchun esa, MTI tufayli, buning imkoniyati bor. Men o’z oliy o’quv yurtimga bu imkoniyatlar va ta’lim sifati uchun juda minnatdorman. O’z tanishlarimga tavsiya qilaman va bundan to’xtamayman, chunki, bu aynan shunday oliy o’quv yurti — innovatsion, zamonaviy, sifatli va hayotning har qanday sharoitida to’g’ri keladi.

Яндекс.Метрика