Kojemyakin Yevgeniy Valeriyevich

Individual tadbirkor, Surgut shahri.

Moskva Texnologik Instituti — Rossiyadagi eng zamonaviy oliy o’quv yurti. Vujudga kelgan holatlar tufayli men Tomskning politexnika institutidan ketishimga, va 3kursda tiklanib, qatnab emas, masofadan o’qishim uchun imkoniyat qidirishimga to’g’ri keldi.

Bir necha oliy o’quv yurtlari bu kabi xizmatni taklif qilishdi, biroq, har birining o’z yashiradigan jihati bor– Uraldagilarda (menga, yumshoq qilib aytganda kerak bo’lmagan) Janubiy Ural mintaqasi tarixdan imtihon topshirish kerak, Sibirda esa bundan ko’p imtihonlar topshiriladi va bitta kurs pastroqqagina qa’bul qilishardi.
Natijada, MTIga e’tibor qaratdim va shu yerga kirishga qaror qildim.

Skype, elektron pochta orqali mutahassis bilan maslahatlashdim, kirish imtihonlaridan o’tdim, kredit karta orqali bir yillik to’lovni to’ladim (qimmat emas, buning ustiga- chegirma bilan), hujjatlarni jo’natdim va mana men studentman.
Shunday qilib, men birinchi sessiyadaman, imtihon topshirmoqdaman.
“Kurslarning electron kutubxonasi” va vebinarlarni o’rganib chiqib, sessiyani a’lo baholarga topshirsa bo’ladi. Vebinararda onilne tarzda qatnashish ham qiziq- o’qituvchilarga savollar berish, o’z fikrini namoyon qilish mumkin.

Agar qatnashish imkoni bo’lmasa, hechqisi yo’q, keyinchalik qaydlarda ko’rsa bo’ladi. Moskva Texnologik Instituti saytidan foydalanish juda oson – axborotga boy va tushunarli. Mening ta’lim olishimni kuzatib, turmush o’rtog’im ham (u esa injener-elektronchi) iqtisodiyot sohasida ikkinchi oliy ma’lumot olishga qaror qildi. Hujjatlarni yubordi, kirish imtihonlarini o’tdi, to’lovni amalga oshirdi va o’qishga kirdi.

Unga bir aksiya doirasida tanlov asosida 6ta chet tillaridan birini bepul o’qish imkoniyati berildi. Uning aytishicha barcha 6 tillar bo’yicha vebinarlarda qatnashish mumkin — zo’r!
Men doim biror yerda ta’lim oluvchi yoki ta’lim olishni rejalashtirayotgan tanishlarimga MTIni tavsiya qilaman, chunki:

  1. Ta’lim olish qimmat emas – Rossiyaning boshqa oliy o’quv yurtlariga nisbatan
  2. Sessiyalarni topshirish uchun ortiqcha yo’l hamda yashash bilan bog’liq harajatlar talab qiladigan uzoq joylarga qatnash zaruriyati yo’q.
  3. O’qishning o’zi hamda sessiya — kompyuter va internet yordamida — oson
  4. Zamonaviy — vebinar va elektron kurslar qo’llaniladi.
Яндекс.Метрика