Koloteva Lyubov Vladimirovna

Tovarshunos, “Azbuka vkusa”

Barchamiz qiziq kasbga, yuqori maoshga ega bo’lishni istaymiz, va biur qarashda bizga buning uchun barcha kerakli narsalar mavjud: tajriba, kasbdosh varahbarlarning hurmati, biroq noma’lum sababga ko’ra o’zgalarni afzal ko’rishadi. Va birdan shuni anglaysizki, kasbiy zina bo’yicha yuqoriga ko’tarilish uchun zarur bilimlar yetishmaydi. Men “Azbuka vkusa” supermarketida tovarshunos bo’lib ishlayman, biroq direktor bo’lishni istayman. Ammo nima qilish kerak, axir ishlaydigan odamning bo’sh vaqti unchalik ko’p emas, yana kerakli manzilga yetib olish kerak, joriy yo’llarning holatida esa buni amalga oshirib bo’lmaydi. Shunda, mening oyim aytganlaridek (ular 71 yoshda), institut sening uyingga keladi, masofadan ta’lim olish jarayonini oyim aynan shunday ataydi. Men uchun bu qaror qiluvchi jihat bo’ldi. Men imkoniyatim bo’lgan vaqtda shug’ullanaman. Bir mavzu ortidan ikkinchisini ochayotganda, qiziqish vujudga keladi. Vebinarlar esa haligacha oyimni hayron qoldirmoqda: qanday qilib o’qituvchi menga iqtisodiyotni ekran orqali gapirib bermoqda. Siz hali ham qayerda va qanday o’qish to’g’risida o’ylayapsizmi? Mashhur reklamadagi gap bilan aytish joiz: endi esa biz sizning oldingizga kelamiz, agar kimdir tushunmagan bo’lsa, buning barchasi masofadan ta’lim olish tizimi to’g’risida.

Яндекс.Метрика