Kurbanov Adil

IT-bo’lim boshlig’i

“VTU” Moskva Texnologik Institutidagi ta’lim tizimi borasidagi taasurotlarimni aytib bermoqchiman. 2011 yil May oyi oxirida men o’z tanlovimni MTIda to’xtatdim. U yoki bu oliy o’quv yurtiga qatnab/qatnamasdan – masofadan o’qish variantlari bor edi. Bir necha variantlarni “kallada qarab chiqish”ga, barcha yaxshi va qarshi taraflarni o’lchashga to’g’ri keldi. Barcha ustunlik va kamchiliklarni baholash kerak edi. Nazarimda, faqat MTIdagi ta’lim men uchun zarur bo’lgan bilimlarni men uchun eng yuqori darajada qulay shaklda bera oladi. Boshlang’ich bosqichda qa’bul komissiyasi maslahatchisi – Grushovenko Irina menga katta yordam berdi. Meni qiziqtirgan barcha savollarga javob bergach , Irina menga oliy o’quv yurti, uning kollektivi, ta’limning zamonaviy uslubiyoti, masofadan o’qitilishning asosiy ustunliklari hqida gapirib berdi. Bundan tashqari Irina meni MTI veb-saytida joylashtirilgan student va bitiruvchilarning fikrlari bilan tanishtirdi. Men ko’rsatilgan yordam uchuhn juda minnatdorman. O’qishni 2011 yilning avgustidan boshladim. O’qish jarayonida men o’z darslarim va vebinarlardagi ishtirokim vaqti tanlovini rejalashtirish uchun zarur malakalarni qo’lga kiritdim. Ishdagi asosiy vazifalarimdan chalg’imagan holda, men o’qishning birinchi semestrini muvaffaqiyatli tamomladim. Qo’yilgan vazifalarni amalga oshirish doim ham oson emas edi, har doim ham vaqt yetmas edi – planshet oldida yarim tungacha o’tirib qolishga to’g’ri kelardi. Biroq, aytilganidek, boshida qiyin bo’ladi, vaqt o’tishi bilan men vaqtdan samarali foydalanishni o’rgandim. Qiziq va interaktiv tarzda tuzilgan vebinarlar, o’zlashtirilgan materiallarning trening sessiyalari o’rganilayotgan fan yuzasidan nazorat va yakuniy imtihonlarni o’zimga ishongan holda amalga oshirishimga imkon berdi. O’qish jarayoni – qiziq! Oliy ma’lumot olish kerakmi? Mening tavsiyam – “VTU” Moskva Texnologik Instituti! Bu nafaqat oliy ma’lumot olish imkoniyati, balki boshqa turli o’quv dasturlari va imkoniyatlaridir!

Яндекс.Метрика