Krepkaya Anna Vasilyevna

Ishim bo’sh vaqtning asosiy qismini olishi sababli men uchun oliy ma’lumotni olish katta muammo bo’lib qoldi. O’z tanishlarimdan masofadan ta’lim olish – ya’ni uydan tashqariga chiqmagan holatda ta’lim olish imkoniyati mavjudligini bildim. Men bu kabi ta’lim olish imkoniyati mavjud bo’lgan oliy o’quv yurtlarini o’rganib chiqishni boshladim. Ulardan biri Moskva Texnologik Instituti edi. Men qa’bul komissiyasiga qo’ng’iroq qildim va menga menejer Grishanov Yevgeniy javob berdi. Bu yigit meni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berdi, o’qishim uchun zarur bo’lgan barcha axborotni elektron xat orqali jo’natib yubordi. Biz birgalikda men uchun qulay bo’lgan ta’lim boshlash vaqtini belgiladik.

Bunday qiziq va keng maslahatdan so’ng, Yevgeniy menga o’qishga kirish va ta’limni boshlash tilagini “yuqtirdi”! Ma’lum vaqtdan so’ng men instituga kirib, ta’limni boshlab yubordim. Menga qiziqtirgan barcha fanlarim bo’yicha yirik o’quv elektron bazasini taqdim etishdi, bundan tashqari, men vebinarlarda qatnashishni boshladim – bu juda ham maroqli va qiziq. Qizig’i shundaki, haqiqiy ma’ruzada qatnashish bilan vebinarlarga ishtirok etishning farqi unchalik sezilmaydi. Online rejimda tushunmagan savollarni bersa bo’ladi. Muhimi, juda ham qiziq va tushunarli ravishda tushuntirib berishadi. Turli sizning sohangizga tegishli bo’lmagan, biroq, dunyoqarashni kengaytirish uchun qatnashish mumkin bo’lgan fanlar bo’yicha vebinarlarning katta bazasi mavjud. Yana bir yaxshi tomoni shundaki, agar vebinarda qatnashish imkoniyati bo’lmagan bo’lsa, uni doim arxivda topib ko’rish mumkin. Menga ta’lim olish juda ham yoqadi — asosiysi xohish bo’lsa, to’liq oliy ma’lumotni olish kafolatlanadi!

Яндекс.Метрика