Rossiya va Kremniy vodiysi ekspertlarini jalb qilish bilan tadbirkorlarni tayyorlash dasturi - Global Technology Business Program

Dastur maqsadi:

Tinglovchilarni ishda kompyuter va tarmoqli texnologiyalarni qo’llagan holdaboshqaruvga oid qarorlarni qa’bul qilish imkoniyatini beruvchi amaliy – yo’naltirilgan bilimlar bilan ta’minlash; o’z loyihasini sarmoyadorlarga taqdim etishning samarali usullarini topish va boshlang’ich loyihalar xavflarining realistik tahlilini o’tqazishni o’rgatish.

Kurs mazmuni

  1. Biznes – loyihani tayyorlash
  2. Kremniy vodiysi ekspertlari maslahatlashuvi, taqdimot, tanlov. Komissiya tarkibida – venchur jamg’armalari vakillari
  3. Tanlov natijalari asosida ikkita eng yaxshi loyihalar muaiflariga Kremniy vodiysida (Blackbox inkubatori) bir oylik tajriba o’tash dasturida qatnashish imkoniyati beriladi, 3ta loyiha mablag’ bilan ta’minlashda yordam qa’bul qiladi
  4. Mentorlik dasturi

Dasturning o’quv rejasi 188 akademik o’quv soatlik amaliy master-klasslarga mo’ljallangan bo’lib, sakkizta moduldan iborat:

  • “Biznesga strategik talablar”
  • “Dunyo miqyosidagi trendlar ”
  • “Dunyo miqyosidagi trend va chaqiruvlar”
  • “Tashkilotni boshqarish bo’yicha zamonaviy texnologik yechimlar”
  • “Loyihani ishlab chiqish”
  • “Loyiha samaradorligining o’lchamlari va asosiy ko’rsatkichlari”
  • “Sarmoyadorlarga loyihaning taqdim etilishi”

O’quvning yakuniy bosqichida har bir tinglovchi o’z loyihasining krash-imtihonini o’tkaza oladi.

O’quv davomiyligi: 2 oy

Global Technology Business Program bitiruvchilari keyinchalik mustaqil ravishda texnologik loyihalar xaritasini ishlab chiqa oladi va ularni amalga oshira oladi.

Hujjat:

O’quv yakunida Cisco Tadbirkorlik Instituti sertifikati beriladi.

Яндекс.Метрика