Jahon iqtisodiyoti
Asrning ohirgi choragi davomida jahon iqtisodiyotida katta o’zgarishlar ro’y berdi. Jahon ho’jaligining ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi o’zgardi, sotsialistik tizim ham parchalanib ketdi. Jahon ho’jaligi samarali halqaro o’zaro ta’sirga ehtiyoji katta bo’lib, uni amalga oshirish uchun muvofiq ta’lim va malakaga ega bo’lgan mutahasisslar darkor.
Ushbu profil talabalari quyidagi fanlarni o’rganadilar:
-
tarix, falsafa, mantiq, huquqshunoslik, sotsiologiya, psihologiya, horijiy til;
-
matematika, statistika, ahborot tehnologiyalari, iqtisodiyot, operatsiyalarni o’rganib chiqish.
Profilning mahsus fanlari toifasiga quyidagilar kiradi:
-
jahon iqtisodiyoti va halqaro iqtisodiy munosabatlar, makroekonomik rejalashtirish va prognoz qilish, halqaro savdo, korhonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati, geosiyosat;
-
buhgalteriya hisobi va tahlili, mehnat iqtisodiyoti, logistika, moliyalar.
Qo’shimcha tarzida quyidagilar o’rganiladi: tijorat faoliyati, narhlarni tahskil qilish, qimmatli qog’ozlar bozori, moliyaviy menedjment, sug’urtalash, moliyaviy hisobotning halqaro standartlari va boshqalar.
O’quv jarayoni nihoyasiga etgach bitiruvchi:
-
korhona tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish usullariga ega;
-
jahon iqtisodiyotidagi zamonaviy tendentsiyalarni va u yoki bu davlatdagi biznesni rivojlantirishning moliyaviy istiqbollarini tahlil qila oladi;
-
kompaniyaning buhgalteriya va soliq hujjatlashtirilishining asoslarini biladi;
-
kompaniya faoloiyatidagi moliyaviy tuzilmalarining o’rnini tushunadi;
-
tashqi iqtisodiy faoliyat hatarlarini aniqlash va sug’urtalash usullariga ega.
Ishga joylashish
O’quv jarayoni yakunlangach, ushbu profil bitiruvchilari muvaffaqiyatli tarzda halqaro moliyaviy tuzilmalarda (investitsion va sug’urtalash kompaniyalarida, audit va konsalting firmalarida); tashqi savdo va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlarda; rossiyalik va horijiy tijorat banklarida; ahborot va reklama agentliklarida; ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasidagi tashkilotlarda:
-
bo’limlar, bo’linmalar va departamentlar rahbarlari, mutahasisslari, boshliqlari sifatida ishlaydilar.