Mintaqaviy iqtisodiyot

Har qaysi mintaqa iqtisodiyoti — bu korhonalar, banklar, aholi, byudjetlar, hukumat organlari orasidagi qiziqishlarning, pul oqimlarining va munosabatlarning mukammal o’zaro bog’lanishi. Hozirgi paytda umumiy barqarorlikka erishish, mintaqaviy masalalarni hal qilishga zarur harakatlarni topish uchun ushbu tiizimni qoidalarga muvofiq tarzda boshqarishga yuqori talab vujudga keldi. Turli hil biznes tuzilmalari va hukumat o’rtasida mintaqaviy va federal darajada samarali o’zaro ta’sirini amalga oshirish uchun muvofiq ta’lim va malakaga ega mutahassislar kerak.

Ushbu profil talabalari quyidagi fanlarni o’rganadilar:

  • tarix, falsafa, mantiq, huquqshunoslik, sotsiologiya, psihologiya, horijiy til;
  • matematika, statistika, ahborot tehnologiyalari, iqtisodiyot, operatsiyalarni o’rganib chiqish.

Profilning mahsus fanlar toifasiga quyidagilar kiradi:

  • jahon iqtisodiyoti va halqaro iqtisodiy munosabatlar, makroiqtisodiy rejalahstirish va prognoz qilish, halqaro savdo, korhonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati, geosiyosat;
  • buhgalteriya hisobi va audit, mehnat iqtisodiyoti, logistika, moliyalar.

Fanlar orasida tanlash yo’li bilan quyidagilar o’rganiladi: tijorat faoliyati, narhlarni tashkil etish, moliyaviy menedjment, sug’urtalash, moliyaviy hisobotning halqaro standartlari va boshqalar.

O’quv jarayoni yakunida bitiruvchi:

  • mintaqaviy iqtisodiyotning iqtisodiy tahlili zamonaviy usullariga ega bo’ladi;
  • mintaqa ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashish printsiplarini biladi;
  • iqtisodiy va investitsion jarayonlarning mintaqaviy hususiyatlarini tushunadi;
  • ham mintaqaviy, ham federal darajadagi iqtisodiy masalalarni hal qila oladi;
  • mintaqaviy iqtisodiyotning rivojlanishi to’g’risida statistik ma’lumotlarga ishlov bera oladi;
  • ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qila oladi, shunigdek, olingan ma’lumotlarni mintaqaviy darajada boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun foydalana oladi.

Ishga joylashish:

O’quv jarayoni bitgach, ushbu profil bitiruvchilari quyidagi yo’nalishlarda muvaffaqiyatli tarzda iqtisodchilar, rejalashtirish-iqtisodiy xizmatlar bo’limlarining, departamentlarning boshliqlari sifatida ish olib boradilar:

  • federal darajadagi davlat organlarida asosiy, yuqori iqtisodiy ta’lim talab qiladigan lavozimlarda;
  • mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishining masalalari bilan shug’ullanadigan RF sub’yektlari ma’muriyatining iqtisodiy xizmatlarida va bo’linmalarida;
  • davlat korhonalarida va davlat tashkilotlarida;
  • mintaqalarda bo’limlarga ega etakchi tarmoqli firmalarda.

O’qitish davomiyligi:
3 dan 4,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
O’rta (to’liq) umumiy ta’im (11 sinf) haqidagi attestat yoki o’rta professional ta’lim haqidagi diplom (tehnikum yoki kolledj). Zaruriyat tug’ilganda, YaDI natijalari taqidm etilishi.

Diplomlar:
«Mintaqaviy iqtisodiyot» dasturida o’qitish jarayoni yakunlangandan va diplom loyihasining himoyasidan so’ng Siz RF davlat namunasidagi, bakalavr diplomiga, shuningdek, diplomga umumiy evropalik ilovaga (Diploma Supplement) ega bo’lasiz.

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
59 000 rub.
(70 000 rub.)*
70 000 rub.
26 900 rub.
(45 000 rub.)*
45 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика