MTI da bakalavriat dasturida o’qitish shakllari

Moskva tehnologik institutining bakalavriyat dasturi yo’nalishlarning turli hillari bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’lishni taklif qiladi. Tugallanmagan oliy, hamda o’rta mahsus ta’lim egalari uchun qisqartirilgan dasturlari bo’yicha o’qitish imkoniyati mavjud.

Hozirgi paytda MTI da quyidagi o’qitish shakllari mavjud:

Kunduzgi o’qitish shakli

Mashg’ulotlar haftasiga 5-6 kun MTI ning o’quv korpuslarining birida o’tkaziladi, bu sizning hududiy turar joyingizga bog’liq:

  • Bosh korpus, Moskva shahri, Kedrova ko’chasi, 8 uy, 2 korpus
  • Filial, Orenburg shahri, Pobeda shoh ko’chasi, 75 g

Kunduzgi o’qitish shakliga talabalarni olish tartibi har yili tasdiqlanadigan Qabul qilish tartibigi muvofiq tarzda amalga oshiriladi.

Masofadan ta’lim berish tehnologiyalaridan foydalangan holda o’qitish

O’qitish jarayoni masofadan ta’lim berish tehnologiyalarini qo’llagan tarzda MTI ning masofadan o’qitish tizimi orqali amalga oshiriladi. Masofadan ta’lim berish tehnologiyalaridan foydalangan holda o’qitish belgilangan rejaga asoslangan tarzda SDO dagi o’quv materiallarni nisbatan mustaqil o’rganish grafigini, shuningdek, ihtisoslashtirilgan PO yordamida real vaqt rejimida o’qituvchilar va kursdoshlar bilan muloqotni (veb-anjumanlar) nazarda tutadi.

Har bitta fanni o’rganish jarayoni yakuniy test shaklida sinov yoki imtihon topshirish bilan yakunlanadi, ularni topshirishga faqat barcha oraliq nazorat ishlarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalar qo’yiladi. Agarda fanning o’quv dasturida kurs loyihasining (ishining) bajarilishi nazarda tutilgan bo’lsa, talaba mavzuni olib, o’qituvchidan maslahatlarni oladi va unga bajarilgan loyihani (ishini) elektron pochta orqali jo’natadi.

Internetdan etarli bo’lmagan darajada sifatsiz foydalanish imkoni mavjud bo’lgan holda, siz MTI binosida mavjud bo’lgan foydalanish punktlaridan foydalanishingiz mumkin.

Biz sizga, birinchi navbatda, oliy ta’limni aynan masofadan o’rganish shaklda olish imkoniyatini ko’rib chiqishni tavsiya qilamiz, sababi bu shakl sizga o’qitishni erkinroq tarzda olib borishga va o’quv yurtida o’qish bilan birga ish faoliyatingizni amalga oshirishga imkon yaratadi.

Kursga talabalarni qabul qilish butun yil davomida amalga oshiriladi. Dastur bo’yicha o’qish har bir oyning 1-chi kunidan boshlanadi.

Dam olish kuni guruhlarida sirtqi o’qitish shakli

Dam olish kuni guruhi formatidagi mashg’ulotlar dam olish kunlari soat 10:00dan 15:00 gacha MTI ning o’quv korpuslarining birida o’tkaziladi, bu sizning hududiy turar joyingizga bog’liq:

  • Bosh korpus, Moskva shahri, Kedrova ko’chasi, 8 uy, 2 korpus
  • Filial, Orenburg shahri, Pobeda shoh ko’chasi, 75 g

Kursga talabalarni qabul qilish butun yil davomida amalga oshiriladi. Dastur bo’yicha o’qitish sentabr, dekabr, mart va iyul oylarining 1-chi kunidan boshlanadi.

Sirtqi o’qitish shakli

Sirtqi shaklda o’qitishning asosiy qismi masofadan ta’lim olish formatida MTI ning masofadan o’qitish tizimida olib boriladi, kunduzgi sessiyalar yilda ikki marta (fevral va martda) MTI ning o’quv korpuslarining birida, ikki haftali kunduzgi sessiyalar formatida o’tkaziladi.

Kursga talabalarni qabul qilish butun yil davomida amalga oshiriladi.

Яндекс.Метрика