Davlat va munitsipal boshqaruv
Davlat va o’z o’zini idora qilish hukumati organlari tomonidan boshqaruv tizimlari doimiy ravishda rivojlanib, o’z samaradorligini oshirishga intiladilar. Ushbu masalalar menedjment sohasidagi yuqori malakali mutahassislarning katta miqdorini talab qiladi.
Ushbu profil talabalari quyidagi fanlarni o’rganadilar:
-
tarix, falsafa, mantiq, huquqshunoslik, sotsiologiya, psihologiya, horijiy til, ish yuzasidan muloqot, iqtisodiyot;
-
matematika, statistika, ahborot tehnologiyalari, boshqaruv tizimlarining tadqiqodi, operatsiyalarni o’rganib chiqish, tizimli tahlil, boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari.
Muhim o’rinni menedjment nazariyasini, marketingni, loyihalarni boshqarishni, hisob va tahlilni, innovatsion menedjmentni, operatsiyalarni boshqarishni, moliyaviy menedjmentni, strategik menedjmentni, inson resurslarini boshqarishni, investitsion tahlilni, hayot faoliyati havfsizligini o’rganish jarayonni egallaydi.
Profilning mahsus fanlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
davlat va o’z o’zini idora qilish organlarini boshqarish, bosqaruvning hujjatlashtirilgan ta’minoti asoslari, hatarlarni boshqarish, soliqlar va soliqqa tortish;
-
davlat va o’z o’zini idora qilish organlarining moliyasi, mintaqaviy iqtisodiyot, o’zgarishlarni boshqarish.
Fanlar orasida quyidagilar tanlash yo’li bilan o’rganiladi: biznes-rejalashtirish, bilimlarni boshqarish, etakchilik, logistika, moliyaviy bozorlar va institutlar va boshqalar.
O’quv jarayoni natijasida bitiruvchi quyidagi ko’nikmalarga ega bo’ladi:
-
davlat va o’z o’zini idora qilish organlarida boshqarish jarayonlarini tahlil qiladi, loyihalashtiradi va optimallashtiradi;
-
davlat fondlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalar va dasturlarni ishlab chiqaradi va amalga oshiradi;
-
davlat va o’z o’zini idora qilish organlarining aholi, akademik va biznes-jamiyat bilan o’zaro ta’sirining samaradorligini oshiradi.
Ishga joylashish:
O’qitish jarayoni yakuniga etgandan so’ng ushbu profil bitiruvchilari muvaffaqiyatli tarzda davlat va o’z o’zini idora qilish organlarida, davlat dasturlarini boshqarish tizimlarida; rejalashtirish, strategik rejalashtirish va tahlil bo’limlarida hamda boshqa bo’linmalarda; yirik korporativ tuzilmalardagi davlat organlari bilan aloqa bo’limlarida; davlat hamda o’z o’zini idora qilish organlariga xizmatlarni taqdim qilishda ihtisoslashtirilgan konsalting kompaniyalarda:
-
mutahassislar, katta mutahassislar, konsultantlar, analitiklar;
-
bo’limlar, loyihalar va dasturlarning rahbarlari sifatida ish olib boradilar.