Ahborot menedjmenti

Zamonaviy tashkilotlarda boshqaruv ahborot tehnologiyalarini qo’llashsiz amalga oshirilishi aqlga sig’maydi. Boshqaruvning ahborot tehnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini hal qilish bilan ham tehnik ham boshqarish va iqtisodiy bilimlarga ega bo’lgan malakali mutahassislar shug’ullanishi kerak.

Ushbu profil talabalari quyidagi fanlarni o’rganadilar:

  • tarix, falsafa, mantiq, huqushunoslik, sotsiologiya, psihologiya, horijiy til, iqtisodiyot;
  • matematika, statistika, ahborot tehnologiyalari, boshqaruv tizimlarining tadqiqodi, operatsiyalarni o’rganib chiqish, boshqarishdagi tizimli tahlil, boshqarish qarorlarini qabul qilish usullari.

Katta e’tibor quyidagi fanlarni o’rganishga qaratiladi: menedjment nazariyasiga, marketingga, hisob va tahlilga, moliyaviy menedjmentga, loyihalarni boshqarishga, strategik menedjmentga, investitsion tahlilga va boshqalarga.

Profilning mahsus fanlari tarkibiga quyidagular kiradi:

  • menedjmentdagi ahborot tehnologiyalar, innovatsion menedjment, hatarlarni boshqarish, o’zgarishlarni boshqarish;
  • korhonaning ahborot-tehnologik zahiralarini boshqarish, bilimlarni boshqarish, dasturlash asoslari, biznes-rejalashtirish.

Fanlar orasida tanlash yo’li bilan quyidagilar o’rganiladi: sifatni boshqarish, tadbirkorlik asoslari, biznes-jarayonlarni modellashtirish, marketing tadqiqodlar, kompaniya qiymatini baholash va baholash.

O’quv jarayoni yakunlangandan so’ng bitiruvchi:

  • mavjud bo’lgan boshqarishning ahborot tizimi, tashkiliy tizim, biznes-modellarning tahlilini amalga oshiradi,u yoki bu ahborot-tehnologik qarorlarning samaradorligini baholaydi;
  • ahborot tehnologiyalari bozorlarini tahlil qiladi, bosqarishning dasturli va apparatli vositalarining qidiruvini va optimal tanlovini amalga oshiradi;
  • ahborot-tehnologik tizimlarning modellarini ishlab chiqaradi va ularni korhona ehtiyojlari bilan bog’laydi;
  • mavjud bo’lgan ahborot-tehnologik tizimlarining rivojlanishini va yangilarini joriy qilishni tashkillashtiradi.

Ishga joylashish

O’quv jarayoni yakuniga etgandan so’ng mazkur profil bitiruvchilari muvaffaqiyatli tarzda ishlab chiqarish, moliyaviy, xizmat ko’rsatuvchi va boshqa tashkilotlarda ahborot-tehnologik bo’limlarda, joriy etish va optimallashtirish bo’limlarida; ahborot-tehnologik konsalting va auditda ihtisoslashtirilgan konsalting kompaniyalarda, sifatda rivojlanish va tahlil qilish bo’limlari va loyihalarida:

  • mutahassislar va bo’limlar rahbarlari;
  • konsultantlar, biznes-analitiklar, tizimlarni loyihalashtirish bo’yicha mutahassislar, hamda loyihalarning rahbarlari tarzida o’z faoliyatlarini amalga oshiradilar.

O’qitish davomiyligi:
3 dan 4,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
O’rta (to’liq) umumiy ta’im (11 sinf) haqidagi attestat yoki o’rta professional ta’lim haqidagi diplom (tehnikum yoki kolledj). Zaruriyat tug’ilganda, YaDI natijalari taqidm etilishi.

Diplomlar:
“Ahborot menedjmenti ” dasturida o’qitish jarayoni yakunlangandan va diplom loyihasining himoyasidan so’ng Siz RF davlat namunasidagi bakalavr diplomiga, shuningdek, diplomga umumiy evropalik ilovaga (Diploma Supplement) ega bo’lasiz.

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
59 000 rub.
(70 000 rub.)*
70 000 rub.
26 900 rub.
(45 000 rub.)*
45 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика