Tehnologik innovatsiyalarni boshqarish

Rossiya davlatining rivojlanishning innovatsion traektoriyasiga o’tishi milliy iqtisodiyotni boshqarishning barcha bosqichlarida muqobil bo’lmagan strategik masala sifatida tan olinadi. Ushbu masalaning hal qilinishi korhonalarning tehnologik rivojlanish istiqbollarini aniqlash, tehnologik innovatsiyalar samaradorligini baholash, hamda yangi bilim va ishlab chiqarilshlarni muvaffaqiyatli tijoratlashtrish bilan bog’liq bo’lgan zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan ko’plab mutahassislarni talab qiladi.

Mazkur profil talabalari quyidagilarni o’rganadilar:

  • tarix, falsafa, mantiq, huquqshunoslik, sotsiologiya, psihologiya, horijiy til, iqtisodiyot (tanlash yo’li bilan shuningdek institutsional iqtisodiyot va iqtisodiyot tarixi fanlari taqdim qilinadi);
  • matematika, statistika, ahborot tehnologiyalari, boshqarish tizimlarini tadqiqod etish, operatsiyalarni o’rganib chiqish, boshqarishning tizimli tahlili;

O’qitish jarayonidagi asosiy e’tibor menedjment nazariyasi, marketing, hisob va tahlil, moliyaviy menedjment, loyihalarni boshqarish, strategik menedhment, investitsion tahlil va boshqalarni o’zlashtirishga beriladi.

Profilning mahsus fanlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • innovatsion menedjment, biznes-loyihalarni modellash, sifatni boshqarish, hatarlarni boshqarish, logistika;
  • o’zgarishlarni boshqarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish, biznes-rejalashtirish, moliyaviy-ho’jalik faoliyatni boshqarish, ishbilarmonlik aloqalar.

Fanlar orasida tanlash yo’li bilan bilimlarni boshqarish, venchur moliyalashtirish, marketing tadqiqodlar, intellektual mulkni ximoya qilish, kompaniya qiymatini baholash va boshqalar o’rganiladi.

O’qitish natijasida siz quyidagi qobiliyatlarga ega bo’lasiz:

  • tehnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalarni joriy etish loyihalarining biznes-rejalarini  ishlab chiqish va tahlil etish;
  • yangi mahsulotlar va xizmatlarni o’zlashtirishning bozor istiqbollarini tahlil qilish;
  • korhonalarning tehnologik auditni amalga oshirish va tehnologik modernizatsiyasi rejalarini ishlab chiqish;
  • innovatsion loyihalarga investitsiyalar jalb etilishini tashkil etish va investorlar bilan munosabatlarni o’rnatish;
  • innovatsion dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirish bo’yicha faoliyatni tashkillashtirish;
  • tehnologik bozorlarda ishlarni amalga oshirish, patent va litsenziyalardan foydalanish huquqini olish jarayonlarini tashkil etish.

Ishga joylashish

O’qitish jarayoni yakuniga etganda ushbu profil bitiruvchilari iqtisodiyotning innovatsion-faol sektorlarida (ahborot tehnologiyalari, telekommunikatsiyalar, biotehnologiyalar, “yangi” energetika va boshqalar) qatnashayotgan turli ishlab chiqarish, moliyaviy, servis va boshqa tashkilotlarda; ishlab chiqarish-tehnologik rivojlanish bilan shug’ullanayotgan bo’lim va xizmtlarda; venchur kopaniyalarda, innovatsion konsalting bilan shug’ullanadigan kompaniyalarda; innovatsion tadbirkorlikni qo’llash bilan shug’ullanadigan tashkilotlarda (biznes-parklar, inkubatorlar, tehnologiyalarni transferi bo’yicha agentliklar):

  • mutahassislar, bo’lim rahbarlari;
  • maslahatchilar, analitiklar, loyihalarning rahbarlari.

O’qitish davomiyligi:
3 dan 4,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
O’rta (to’liq) umumiy ta’im (11 sinf) haqidagi attestat yoki o’rta professional ta’lim haqidagi diplom (tehnikum yoki kolledj). Zaruriyat tug’ilganda, YaDI natijalari taqidm etilishi.

Diplomlar:
“Tehnologik innovatsiyalarni boshqarish” dasturida o’qitish jarayoni yakunlangandan va diplom loyihasining himoyasidan so’ng Siz RF davlat namunasidagi bakalavr diplomiga, shuningdek, diplomga umumiy evropalik ilovaga (Diploma Supplement) ega bo’lasiz.

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
59 000 rub.
(70 000 rub.)*
70 000 rub.
26 900 rub.
(45 000 rub.)*
45 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика