Neft-gaz-kimyoviy majmuasining ilmiy ishlab chiqarish menedjmenti

Neft-gaz-kimyoviy majmuasining ichki yalpi mahsulotida egallayotgan jiddiy ulushi, hamda jadal ravishda rivojlanayotgan tehnologiyalar bilan bo’lgan mustahkam aloqa ushbu sohani davlat iqtisodiyotining asosi deb atashga imkon yaratadi. Innovatsion yangilanish masalalarini hal qilish uchun Rossiya Federatsiyasining neft-gaz-kimyoviy majmuasiga nafaqat ishlab chiqarish tehnologiyalar bo’yicha bilimlarga, balki innovatsiyalarni boshqarish ko’nikmalariga ega bo’lgan mutahassislar kerak.

Ushbu yo’nalish talabalari quyidagi fanlarni o’rganadilar:

  • tarix, falsafa, horijiy til, huquqshunoslik, sotsiologiya, iqtisodiyot, mantiq, psihologiya;
  • matematika, statistika, boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari, operatsiyalarni o’rganib chiqish;
  • umumiy va strategik menedjment, marketing, hisob va tahlil, moliyaviy menedjment, operatsiyalarni boshqarish, inson resurslarini boshqarish;
  • biznes-rejalashtirish, inqirozga qarshi boshqaruv, narhlarni tashkil qilish, logistika, hatarlarni boshqarish, o’zgarishlarni boshqarish.

Katta e’tibor quyidagilarga beriladi: ekologik menedjment, sifatni boshqarish, neft-gaz-kimyoviy majmuasida ilmiy ihlab chiqarishlarning moliyaviy-ho’jalik faoliyatini tahlil qilish.

Mazkur profilning mahsus fanlari qatoriga quyidagilar kiradi:

  • ekologiya;
  • neft-kimyo;
  • ekologik menedjment;
  • innovatsion menedjment;
  • bilimlarni boshqarish;
  • ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish;
  • ilmiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti;
  • neft-gaz-kimyoviy majmuasida ilmiy ihlab chiqarishlarning moliyaviy-ho’jalik faoliyatini tahlil qilish;
  • venchur moliyalashtirish.

Qo’shimcha tarzida quyidagilar o’rganiladi: ahborot-tehnologik korhonalarni boshqarish, intellectual mulkning himoyasi, ekologik huquq, ekologik ekspertiza.

O’qitish jarayoni yakunida bitiruvchi:

  • tehnologik innovatsiyalarni neft-gaz-kimyoviy majmuasiga joriy qilish uchun yangi bozor imkoniyatlarini qidirish va tahlil qilishni amalga oshiradi;
  • yangi tehnologiyalarni joriy etish loyihalarining ekologik auditini amalga oshiradi;
  • ilmiy ishlab chiqarishlar sohasida innovatsion loyihalarning moliyaviy modellarini quradi;
  • neft-gaz-kimyoviy majmuasida ilmiy ihlab chiqarishlarning moliyaviy-ho’jalik faoliyatini tahlil qilish;
  • yangi ilmiy tehnologiyalarni joriy etish istiqbollarining tadqiqodini amalga oshiradi;
  • neft-gaz-kimyoviy majmuasida innovatsion loyihalar bo’yicha ishlarning koordinatsiyasini amalga oshiradi;
  • inetellektual mahsulotlar va tehnologik innovatsiyalarning neft-gaz-kimyoviy sohada ishlash tizimini va mehanizmlarini tushunadi.

Ishga joylashish:

O’qitish yakunlangandan so’ng ushbu profil bitiruvchilari neft-gaz-kimyoviy majmuasining korhonalarida; neft-gaz-kimyoviy kompaniyalar uchun xizmatlarni taqdim etishda ihtisoslashtirilgan konsalting kompaniyalarda; neft-gaz-kimyoviy majmuasida innovatsion dasturlarni amalga oshirish uchun javob beradigan davlat korporatsiyalari va idoralarida; moliyaviy idoralarda; neft-gaz-kimyoviy majmuasida innovatsion loyihalarni venchur va loyihali moliyalashtirish bilan shug’ullanadigan investitsion kompaniyalarda:

  • strategik va innovatsion bo’limlarining, rejalashtirish-iqtisodiy bo’limi mutahassislari, innovatsion loyihalarining hodimlari va koordinatorlari;
  • loyihalarning konsultantlari va rahbarlari;
  • mutahassislar va katta mutahassislar;
  • innovatsion-investitsion loyihalarning tahlilini o’tkazadigan analitiklar

O’qitish davomiyligi:
3 dan 4,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
O’rta (to’liq) umumiy ta’im (11 sinf) haqidagi attestat yoki o’rta professional ta’lim haqidagi diplom (tehnikum yoki kolledj). Zaruriyat tug’ilganda, YaDI natijalari taqidm etilishi.

Diplomlar:
“Neft-gaz-kimyoviy majmuasining ilmiy ishlab chiqarish menedjmenti” dasturida o’qitish jarayoni yakunlangandan va diplom loyihasining himoyasidan so’ng Siz RF davlat namunasidagi bakalavr diplomiga, shuningdek, diplomga umumiy evropalik ilovaga (Diploma Supplement) ega bo’lasiz.

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
59 000 rub.
(70 000 rub.)*
70 000 rub.
26 900 rub.
(45 000 rub.)*
45 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика