Kichik biznesni boshqarish

Rossiyadagi kichik tadbirkorlik sohasida ko’plab ho’jalik imkoniyatlari yuzaga kelib, ulardan fanlarning keng ko’lamli spektrini o’rganishni nazarda tutadigan, ihtisoslashtirilgan tayyorgarliksiz foydalanish qiyin hisoblanadi. Hozirgi kunda muvaffaqiyatli tadbirkor fundamental tayyorgarlikka va universal qobiliyatlar hamda ko’nikmalarning nihoyatda katta diapazoniga ega bo’lishi lozim.

Ushbu profil talabalari quyidagi fanlarni o’rganadilar:

  • tarix, falsafa, mantiq, huqushunoslik, sotsiologiya, psihologiya, horijiy til, ish yuzasidan muloqot, iqtisodiyot;
  • matematika, statistika, ahborot tehnologiyalari, boshqarish tizimlarini tadqiqod etish, operatsiyalarni o’rganib chiqish, tizimli tahlil, boshqarish qarorlarini qabul qilish usullari.

O’qitish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratiladi: menedjment nazariyasi, loyihalarni boshqarish, innovatsion menedjment, hisob va tahlil, moliyaviy menedjment, strategik menedjment, inson resurslarini boshqarish, biznes-loyihlarni modellash, investitsion tahlil va boshqalar.

Mahsus fanlarga quyidagilar kiradi:

  • tadbirkorlik asoslari, biznes-loyihalarni modellash, logistika, ish yuzasidan aloqalar, reklama asoslari, sifatni boshqarish;
  • ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarish, korhonaning moliyaviy-ho’jalik faoliyati tahlili, soliqlar va soliqqa tortish, biznes-rejalashtirish.

Fanlar orasida tanlash yo’li bilan quyidagi fanlar o’rganiladi: narhni tashkil etish, tadbirkorlikning moliyaviy muhiti va hatarlari, servisologiya asoslari, etakchilik, marketing tadqiqodlar va boshqalar.

O’qitish jarayoni yakuniga etganda bitiruvchi:

  • yangi bozor imkoniyatlarining qidiruvini amalga oshiradi, yangi loyihalarning biznes-rejalarini ishlab chiqaradi va taqdim etadi;
  • kichik korhonalarni “nol” dan boshlab tashkil etadi va mavjud bo’lgan tadbirkorlik qurilmalarning rivojlanishini amalga oshiradi;
  • biznes-modellarni ishlab chiqaradi, kichik korhonalarning biznes-jarayonlarini modellashtiradi va optimallashtiradi;
  • davlat organlari, moliyaviy idoralar, haridorlar va mijozlarning maqsadli auditoriyalari, investorlar va jamoat tashkilotlari bilan samarali aloqalarni o’rnatadi.

Ishga joylashish:

O’qitish jarayoni nihoyasiga etgach ushbu profil bitiruvchilari yangi va mavjud bo’lgan tadbirkorlik tizimlarida rejalashtirish va strategik rivojlantirish bo’limlarida; konsalting, moliyaviy va analitik kompaniyalarida loyihalarni tahlil qilish va tadbirkorlik imkoniyatlarini tadqiqod etish bo’limlarida; kichik tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash bilan shug’ullanadigan davlat organlarida rejalashtirish va analitik bo’limlarda:

  • mutahassislar, analitiklar, maslahatchilar;
  • loyihalar va bo’limlarning rahbarlari;
  • tadbirkorlik jamoalarning tadbirkorlari va a’zolari

O’qitish davomiyligi:
3 dan 4,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:
O’rta (to’liq) umumiy ta’im (11 sinf) haqidagi attestat yoki o’rta professional ta’lim haqidagi diplom (tehnikum yoki kolledj). Zaruriyat tug’ilganda, YaDI natijalari taqidm etilishi.

Diplomlar:
“Kichik biznesni boshqarish” dasturida o’qitish jarayoni yakunlangandan va diplom loyihasining himoyasidan so’ng Siz RF davlat namunasidagi bakalavr diplomiga, shuningdek, diplomga umumiy evropalik ilovaga (Diploma Supplement) ega bo’lasiz.

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
59 000 rub.
(70 000 rub.)*
70 000 rub.
26 900 rub.
(45 000 rub.)*
45 000 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика