Elektr ta’minoti
Elektroenergetik tizimlar ishining samaradorligi va ishonchliligining oshib borishi zamonaviy energetikaning asosiy vazifalaridan biridir. Zamonaviy voqelik sharoitlarida bu soha mutahhasislarining biim va malakalariga yuqori talablar qo’yilgan. Korxonalar, shu jumladan, elektroenergetika ishlab chiquruvchilar energetika sohasida nazariy va amaliy bilimarga ega bo’lgan yuqori malakali mutahassislarga muhtojdirlar.
Ushbu yo’nalishda ta’lim oluvchi o’quvchilar quyidagilarni o’rganadilar:
-
Texnik mexanika, muhandislik va kompyuter grafikasi;
-
Axborot texnologiyalari, ehtimolar nazariyasi va qaror qa’bul qilish nazariyasi;
-
Elektrik mashinalar, elektr ta’minoti, elektroenergetik tizim va tarmoqla, elektrik stansiyalar (bekatlar) va podstansiyalar;
Maxsus fanlar ixtisosligi tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
Elektrik va elektron apparatlar;
-
Elektrik moslanma;
-
Elektroenergetik tizimlarda o’tish jarayonlari;
-
Elektroenergetik tizimlarning ishonchliligi;
-
Elektr ta’minoti tizmilarining ishlatilishi;
-
va boshqalar
Qo’shimcha ravishda o’rganiladi: elektr iste’molining hisobi va boshqaruvi tizimlari, energiyaning noan’anaviy va yangilanuvchi manbalariga elektr uskunalarni loyihalashtirish fanlari.
O’quv jarayoni yakunida bitiruvchi:
-
Doimiy va o’zgaruvchan toklarning chiziqli va chiziqsiz elektr zanjirlari andazasi va analizi usullarini, elektroenergetik va elektrotexnik uskunalarni yaratishda aniq texnik qarorlar qa’bul qilishni asoslash usullarini o’rganadi;
-
Elektr ta’minoti sohasida, kompyuter tizimlari va texnologiyalari to’g’risida chuqur bilimga ega bo’ladi;
-
Joriy ta’mirlash sohasida, elektroenergetik qurilmalar va elektroenergetik obyektlar chizmalari bilan ishlash tartiblari hisobi borasida malakaga ega bo’ladi.
Ishga joylashish
Bu yo’nalish bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyati ishlashadi:
-
Bo’lim boshig’i, muhandis, elektroenergetika sohasidagi ekspert, yetakchi mutahassis;
-
Energiya iste’moli auditi xizmati bo’limi boshlig’i, elektroenergetika tashkillashtirish tsexi bo’limi boshlig’i, elktrostansiyalar almashinuvi boshlig’i, energiya taqsimlanishini tashkilashtirish hududiy bo’limining boshlig’i, energetik uskunalar, bino va inshootlar ta’mirlanishi hududining boshlig’i, energiyani hisoblovchi tijorat asboblarini ta’mirlash, nazorat qilish va o’rnatish ustaxonasi boshlig’i.