Korxona, tashkilot va muassasalarning elektr uskunalari va elektr xo’jaligi
Elektroenergetika- muhim fundamental soha bo’lib, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarining me’yordagi faoliyati hamda aholining yashashi uchun zarur bo’lgan sharoit va ijtimoiy strukturalarning normal faoliyatini ta’minlaydi. Sanoatni rivojlantirish, transport bilan ta’minlash, iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish muammolarining majmuasini yechish uchun energetika, energetik mashinasozlik va elektrotexnika sohasidagi maxsus bilimlarni qo’llay oladigan yuqori malakali xodimlar zarur.
Ushbu yo’nalish talabalari quyidagi fanlarni o’rganadilar:
-
Diskret matematika, algoritmizatsiya asoslari, axborot texnologiyalari, hisoblash matematikasi, qaror qa’bul qilish nazariyasi,
-
Elektrotexnikaning nazariy asoslari, eletrik mashinalar, umumiy energetika, Elektrotexnik va konstruksion materialshunoslik, yashash faoliyati xavfsizligi, elektrik stansiyalar va podstansiyalar.
-
Yuqori kuchlanish texnikasi, elektr ta’minoti, avtomatik boshqaruv nazariyasi, kuch elektronikasi, elektrik va elektron apparatlar, elektrik moslanma.
Mahsus fanlar guruhiga quyidagilar kiradi:
-
Elektroenergetik tizimlarda o’tish jarayonlari;
-
Elektroenergetik tizimlarning ishonchliligi;
-
Korxonaarni energiya bilan ta’minlash tizimining mustahkamligi;
-
Elektr iste’moli boshqaruvi va hisoblash tizimi;
-
Elektr ta’minoti tizimidagi elektr energiyasiningqa’bul qilinishi va iste’moli;
-
va boshqalar.
Qo’shimcha ravishda o’rganiladi: yashindan himoyalanish, elektrotexnik uskunalar yaratish, ishlab chiqaruv menejmenti fanlari.
O’quv jarayoni yakunida bitiruvchi:
-
Doimiy va o’zgaruvchan toklarning chiziqli va chiziqsiz elektr zanjirlari andazasi va analizi usullarini o’rganadi; elektronergetik va elektrotexnik tizim va ularning tarkibiy qismlari ustida ishlash qobiliyatiga ega bo’ladi;
-
Elektr ta’minoti sohasida va elektrotexnik obyektlar to’g’risida chuqur bilimga ega bo’ladi;
-
Uskunalarning texnik holati va qolgan resurslarini yaratish va tekshirish sohasida, profilaktik tekshiruv va joriy ta’mirlashni tashkilashtirish sohasida, o’z fan sohasida axborot texnologiyalarni qo’llash to’g’risida, asosiy uskunalarning elementlari, chizmalari, ikkilamchi zanjirlar, himoyalanish va elektroenergetik obyektlarning avtomatikasi uskunalari hisobi sohasida malakaga ega bo’ladi
Ishga joylashish
Bu yo’nalish bo’yicha o’qishni tugatgan bitiruvchilar quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyati ishlashadi:
-
Bo’lim boshlig’i, mutahassis, muhandis-ekspert, bosh muhandis;
-
Elektroenergetik tashkilot direktori, energetik nazorat markazining hududiy bosh muhandis-inspektroi, ta’mirlash hududi, energiyani hisoblash asboblarining hisobi, nazorati va o’rnatilishi ustasi, enerketik uskunalar, binolar va inshootlari ta’mirlash hududiy ustasi, elektroenergetika muassasasi ta’mirlanishini tayyorlash va o’tqazish bo’limi boshlig’i, energiyni amalga oshirish tashkilotining energiyani taqsimlash xizmati bo’limi boshlig’i, elektroenergetika tashkilotining mehnatni himoyalash va mustahkamligi bo’limi boshlig’i, energiya iste’moli ning texnik auditi bo’limi, energiya hisobi tijorat asboblarini o’rnatilishi, nazorati va ta’mirlanishi tsexi boshlig’i.