Avtomatlashtirish va boshqaruv tizimlari va tehnik vositalari

Ishlab chiqarishning tanaffussiz ishlashi va yuqori samaradorligini ta’minlash uchun zamonaviy yuqori tehnologik avtomatlashtirish vositalari zarur. Ishlab chiqarish quvvatlarining o’sishi bilan tehnik profilga ega, tehnologik jarayonlarini boshqarishning zamonaviy tizimlarini loyihalashtirishni biladigan va joriy qila oladigan yuqori malakali mutahassislarga talab kuchaymoqda.

Ushbu yo’nalish talabalari quyidagilarni o’rganadilar:

  • biznes-jarayonlarni modellashtirish, ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish;
  • ma’lumotni yig’ish va ularga ishlov berish tizimlari, korporativ ahborot tizimlari;
  • ma’lumotlarni himoya qilish usullari va vositalari, loyihalarni boshqarish;
  • dasturli ta’minotni ishlab chiqish tehnologiyalari.

Profilning mahsus fanlariga quyidagilar kiradi:

  • tehnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari;
  • avtomatlashtirish va boshqarish chizma-tehnikasi;
  • avtomatlashtirilgan tizimlarning diagnostikasi va ishonchliligi;
  • qarorlarni qabul qilishni qo’llab quvvatlashning ahborot vositalari;
  • tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil;
  • va boshqalar.

Qo’shimcha tarzida quyidagilar kiradi: intellektual ahborot tizimlari va inson-mashina o’zaro ta’siri bo’yicha fanlar.

O’quv jarayoni nihoyasiga etgach bitiruvchi:

  • yangi vositalar va avtomatlashtirish tizimlari, tehnik tizimlarini nazorat qilish vositalari, tehnik tizimlarini tajriba asosida tadqiqod qilish usullarini ishlab chiqish ko’nikmalariga ega bo’ladi, boshqaruv tizimlarining diagnostikasi vositalari va asboblarini o’zlashtiradi;
  • kompyuterlar tizimi va ma’lumotlarni himoya qilish tehnologiyalari sohasida chuqur bilimlarga ega bo’ladi;
  • tadqiqod va loyihalashtirish, nazorat, tehnik diagnostika qilishning zamonaviy dasturli va apparatli vositalarini yaratish usullarini egallaydi.

Ishga joylashish

O’quv jarayoni yakunlangach, ushbu profil bitiruvchilari muvaffaqiyatli tarzda quyidagi lavozimlarda ishlaydilar:

  • muhandis-programmist, analitik;
  • loyihalar menedjeri;
  • sozlash va ishga tushirish brigadalarning brigadiri; xizmat ko’rsatish bo’limining rahbari;
  • konstruktor, muhandis, tehnolog.

O’qitish davomiyligi: 3 dan 4,5 yilgacha.

Abiturientlarga talablar:

O’rta (to’liq) umumiy ta’im (11 sinf) haqidagi attestat yoki o’rta professional ta’lim haqidagi diplom (tehnikum yoki kolledj). Zaruriyat tug’ilganda, YaDI natijalari taqidm etilishi.

Diplomlar:

“O’simlik xomashyosidan olinadigan ozuqa mahsulotlari” dasturida o’qitish jarayoni yakunlangandan va diplom loyihasining himoyasidan so’ng Siz RF davlat namunasidagi bakalavr diplomiga, shuningdek, diplomga umumiy evropalik ilovaga (Diploma Supplement) ega bo’lasiz.

O’qitish shakllari va qiymati:

Dam olish kunidagi sirtqi shakl DOT ni qo’llash bilan sirtqi shakl
59 000 rub.
(70 000 rub.)*
70 000 rub.
31 900 rub.
(49 900 rub.)*
49 900 rub.

*Narhlar [check_your_javascript_for_see_date_and_project]

Qiymat 1 o’quv yili uchun ko’rsatilgan;
36 oygacha, 0% dan boshlanadigan birlamchi badal bilan ta’lim kreditining ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика