Korporativ ta’lim olish

Majmuali dasturlar

Moscow Business School turli formatlardagi korporativ ta’lim olishni amalga oshiradi. Kompaniya hodimlarining guruh shaklida ta’lim olishlarining eng kahha ehtiyojga ega shakli bo’lib — umumiy davomiyligi 2-3 ish kuni bo’lgan seminarlar va treninglarning kunduzgi seriyasi hisoblanib, u nazariy material va amaliy mashg’ulotlarning o’lab chiqilgan birikmasini tashkil qiladi. Mashg’ulotlar bizning standart dasturlarimizning biri bo’yicha o’tkazilishi mumkin yoki buyurtmachi-tashkilotning mahsus talablariga binoan ishlab chiqiladi. O’qish jarayoni Moscow Business School ning o’quv xonalarida hamda kompaniya hududida amalga oshirilishi mumkin.

Kompaniyalar uchun boshqa takliflar

Masofadan ta’lim olish kurslari va elektron o’quv majmualari — ma’lum kompaniyaning faoliyatining spesifikasi va talablari, bandlik bo’yicha cheklanmalar va kompaniya egasining har qanday shaxsiy hohishlarini inobatga olgan tarzda ishlab chiqiladi.

Ihtisoslashtirilgan sohali dasturlar — o’z sohasida yetakchi o’rinni egallamoqchi bo’lgan kompaniyalar uchun biznesning 20 dan ortiq sohalari bo’yicha MBA to’liq kursi yoki qisqa muddatli seminarlar va treninglar ko’rinishida.

Videokurslar — biznesni amalga oshirishda operativ yordam ko’rsatish uchun ishlab chiqilgan videoyozuvlar va qo’shimcha materiallarning majmuasidan tashkil topgan va tarkibuda ma’lum masalalarni hal qilish uchun amaliy tavsiyalar mavjud bo’lgan kurslar.

Web-seminarlar — yetakchi ekspertlar va konsultantlar tomonidan real vaqt rejimida o’tkazilib, ular davomida ma’ruzachiga har qanday savolni berish, operativ javob olish va boshqa tinglovchilar bilan fikr va tajriba almashish imkoniyati mavjud.

BBA va MBA dasturlari — alohida jarayonlar va kompaniyani boshqarish bo’yicha ma’lum masalalarni hal qilish uchun biznes sohasida eng yangi tehnologiyalar va nazariy tadqiqodlarning natijalarini amaliy qo’llashga yo’naltirilgan, barcha darajadagi rahbarlarni tayyorlash uchun mo’ljallangan.

Bakalavriat va magistraturada Birinchi va ikkinchi oliy ma’lumot dasturlari — iqtisodiyot, menedjment va zamonaviy tehnologiyalar sohasida turli mutahassisliklar bo’yicha.

Hodimlarga majmuali ta’lim berishning ustunliklari

Hodimlarga ta’lim berishga asosli yondashuv — har qanday kompaniya faoliyatining samaradorligini quyidagilar hisobiga oshirishning samarali usuli:

  • Kompaniyaning korporativ madaniyati darajasining alohida har bir hodimning malakasini oshirish natijasida o’sishi;
  • Top-menedjmentni, o’rta pog’onali rahbarlar, mutahassislar va kadrlar rezervini majmuali o’qitish orqali kompaniyani rivojlantirishga bo’lgan harajatlarni optimallashtirish;
  • Boshqarish, qarorlarni qabul va mehnat natijalarini baholashning yagona standartlariga muvofiq tzrda nazorat qilinadigan ideologik yagona ish jamoasini shakllantirish;
  • Kompaniya salohiyatini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan bilimlarni uzluksiz to’ldirish va yangilash;
  • Kundalik amaliyotda ta’lim olish jarayoni davomida olingan boshqarishning eng zamonaviy usullarini qo’llash.

Arizani rasmiylashtiring va Sizning kompaniyangizda korporativ ta’lim olish tizimini shakllantirish imkoniyatlari to’g’risida ko’proq ma’lumotga ega bo’ling:

Яндекс.Метрика