MBA — Moscow Business School da

MBA — bu biznesni boshqarish sohasidagi, tegishli tayyorlash dasturini o’tgan yuqori malakali mutahassislarga beriladigan yuqori darajadir. MBA dasturlari butun jahonda keng tarqalib, e’tirofga sazovor bo’ldi, darajaning o’zi esa muvaffaqiyatli boshqarish karyerasiga qaratilgan yo’lda muhim qadam hisoblanadi va ishbilarmonlar olamida nihoyatda yuqori baholanadi. MBA dasturi bo’yicha o’qish nafaqat biznesda, balki jamoat faoliyati yoki davlat xizmati kabi boshqa har qanday sohada ham qo’llanila oladigan boshqaruv funktsiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha amaliy va nazariy bilimlar bilan ta’minlaydi.

MBA darajasini olishga qaratilgan nomzodni tayyorlash dasturi iqtisodiyot, moliyaviy hisobot va buhgalterlik hisobi, huquq, kadrlarni boshqarish, marketing, sotuvlar, operatsion menedjment va boshqa shu kabi fanlardan barcha zarur kurslarni qamrab oladi.

MBA dasturlari bo’yicha ta’lim olayotganlar, ushbu darajaga yo’naltirilgan o’qish dasturini o’tmaganlarga nisbatan bir qator imtiyozlarga ega bo’ladilar:

  • Biznesning barcha aspektlari, biznes-strategiyalar va biznes-kontseptsiyalar borasidagi bilimlar, nafaqat nazariy tarzda, balki amaliy mashg’ulotlar orqali ham;
  • Ular mobaynida har kungi biznes-jarayonlarni amalga oshirishda o’rganilgan bilimlarning amaliy qo’llanilishi mashq qilinadigan malaka oshirishlar;
  • Mahsus maruzalar va treninglarda maqsad sari yo’naltirilgan tarzda rivojlanadigan, hamda haqiqiy biznes-vaziyatlarda o’zini qanday tutib, haqiqiy muammolarni echishni o’rgatadigan etakchilik qobiliyatlari;
  • O’qish davomida shakllanadigan va uzoq yillarga saqlanib qoladigan tanishuvlar tarmog’i.

Moscow Business School o’z dasturlarini ishlab chiqish uchun Rossiya va horijdagi 100 dan ortiq iqtisodiyot va biznes sohasidagi ekspertlarni, biznes-jarayonlarni amalga oshirish sohalaridagi etakchi konsultantlarni va yirik kompaniyalarni boshqarayotgan top-menedjerlarni jalb qilgan.

O’qitish dasturlari

MBA Start — Moscow Business School integral ta’lim dasturi bo’lib, o’rta va yuqori pog’onadagi yuqori malakali menedjerlarni masofadan o’rgatish tehnologiyalardan foydalangan holda har taraflama o’rgatish uchun ishlab chiqilgan. Ikki yillik o’qitish kursini muvaffaqiyatli tamomlagandan so’ng, bitiruvchilar MBA diplomi bilan tasdiqlangan, ishbilarmon ma’muriyatchilik masteri (MBA) yuqori boshqaruv malakasiga ega bo’ladilar. Batafsil...

MBA Global — Moskva shahrida MBA darajasiga kunduzgi o’qish dasturi hisoblanib, uni tamomlashda bitiruvchilarga Lincoln University (Californiya) amerikalik universitetining asl diplomi taqdim etiladi. Mashg’ulotlar Lincoln University o’qituvchilari tomonidan ingliz tilida o’tkaziladi. O’qish jarayoni kechqurungi paytda va dam olish kunlari o’tadi, bu esa talabalarga ham oqib, ham ishlash uchun imkon yaratadi. Batafsil...

MBA Professional — professional sohalarning birida chuqurlashtirilgan mutahassislikka ega bo’lgan menedjerlarni tayyorlash dasturi: moliya, marketing va sotuvlar, strategic boshqarish, personalni boshqarish (HR) yoki ishlab chiqarish menedjmenti. Ushbu dastur bo’yicha o’qish nafaqat muvofiq tizimli bo’linmalarning rahbarlariga, balki ko’rsatib o’tilgan sohalardagi barcha mutahassislarga, shuningdek, o’z bilimlarini biznes-loyihalarni amalga oshirishning ma’lum bir sohasida kengaytirmoqchi bo’lgan tajribali boshqaruvchilarga ham to’g’ri keladi. Batafsil...

Sohali MBA Start — MBA dasturlarining seriyasi bo’lib, ularning har birida MBA standartlari bo’yicha to’liq o’qitish kursi va ma’lum sohada samarali boshqarishning ihtisoslashtirilgan bilim va ko’nikmalarga o’rgatuvchi, amaliyotga yo’naltirilgan qo’shimcha komponent mavjud (mehmonxona va restoran biznesida, riteylda, tibbiyotda, sportda, qurilish va chiroy sohasida). Ushbu dasturlar ko’rsatib o’tilgan sohalardagi biznes egalari, hamda bunday biznesni ochish arafasida bo’lganlar, shu bilan birga, bunday faoliyat sohalarining birida o’zining boshqaruvchilik karyerasini rivojlantirishni maqsad qilib olgan menedjerlar uchun mahsus tarzda ishlab chiqilgan. Batafsil...

Яндекс.Метрика