Moskvada kasbiy moslashish kuni 2014. Natijalar

27.02.2014
MTI 22 fevral 2014 yil «Sokolniki» markazida bo’lib o’tgan Moskva kasbiy moslashish kunida bosh sherik sifatida ishtirok etdi. Bu bo’lajak abituriyentlar poytaxt ta’limi bozori bilan tanishim chiqishi, u yoki bu kasb tanlashning istiqbollari, ta’lim kurslari va zarur yo’nalishdagi ta’lim haqida bilib olishi mumkin bo’lgan, har yili bo’lib o’tadigan tadbir. MTI 22 fevral 2014 yil «Sokolniki» markazida bo’lib o’tgan Moskva kasbiy moslashish kunida bosh sherik sifatida ishtirok etdi. Bu bo’lajak abituriyentlar poytaxt ta’limi bozori bilan tanishim chiqishi, u yoki bu kasb tanlashning istiqbollari, ta’lim kurslari va zarur yo’nalishdagi ta’lim haqida bilib olishi mumkin bo’lgan, har yili bo’lib o’tadigan tadbir. An’anaga ko’ra, kasbiy moslashish kuni ko’pgina yosh moskvaliklarni va ularning ota-onalarini taklif qiladi. Maktab va institut o’qituvchilari esa bu yerga tajriba almashish uchun qatnashishadi. Bu yilgi tadbir dasturi nafaqat maktab bitiruvchilari uchun, balki 12 yoshdan oshgan, kasb tanlashni oldindan rejalashtirayotgan bolalar uchun ham mo’ljallangan edi. Tadbirga tashrif buyurganlar uchun bir qancha bo’limlar faoliyat yuritdi, jumladan, leksiyalar eshitish, muhokamalarda qatnashish yoki test o’tish bo’limlari, maktab o’quvchilariga bo’lajak kasbni tanlashda yaqindan ko’maklashdi. Ko’rgazmada Moskvaning eng yaxwi institutlarining vakillari qatnashdilar. Jumladan, MEI, Stankin, MAI, MESI o’zlarining stendlarini ko’rgazmaga taqdim etishdi. Shuningdek, abuturiyentlar orasida mashhur bo’lgan MTI ham alohida stend bilan qatnashdi. Tadbirning eng muhim va kutilgan spikeri — Galina Vladimirovna Rezapkina bo’ldi (FGAU «Ta’limni rivojlantirish federal Instituti » (Moskva) va GBOU VPO Moskva viloyati «Ijtimoiy boshqaruv Akademiyasi» ning katta ilmiy xodimi, yoshlarning kasbiy moslashish masalalari bo’yicha kengash a’zosi). U «O’quvchilarga hayotda o’zining o’rnini qanday topishga yordam berish » haqida master klass o’tkazdi. Shuningdek, taklif etilgan mehmonlar va spikerlar orasida studentlar, yetakchi institularning o’qituvchilari va bitiruvchilari, rossiya kompaniyalarining top menedjerlari, internet —loyihalari boshliqlari, qabul komissiyasining a’zolari, karyera bo’yicha maslahatchilar, «Qayerga o’qishga borish» gazetasining nashr etilgan qahramonlari ham bor edi. Kasbiy moslashish kunida birinchi bor qatnashgan EGE masalari muhokama qilingan bo’limlar katta qiziqishga sazovor bo’ldi. Bu yerda imtihon va institularga kirish haqida batafsil ma’lumotlar olish, shuningdek o’zining EGE ga tayyorgarlik darajasini tekshirish, kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlab, keyingi tayyorgarlik uchun zarur ko’rsatmalarni olish mumkin edi.
Яндекс.Метрика