Mutaxassislar onlay-ta’lim masalalarini muhokama qilishdi

26.03.2014

20 Mart kuni Moskvada «EdTech Russia 2014: onlayn-ta’limdan daromad olish jarayoni».

Konferensiyaning qatnashchilaridan va axborot sheriklaridan biri bo’lib Moscow Business School ishtirok etdi. Tadbirni o’tkazishdan maqsad — onlayn- ta’lim bozorining barcha qatnashchilarini birlashtirish va bu jarayondan daromad olish masalasini muhokama qilish .

Onlay-ta’lim bozori keng, 2014 yilda u Rossiyadagi eng istiqbolli va rivojlanuvchi sohalardan biri bo’ladi. Onlayn-ta’lim mutaxassislari oldida turgan asosiy masala — biznesning bu segmentidan daromad olish. Bu tadbirda ishtirok etish uchun ko’pgina mutaxassis va moliyaviy tahlilchilar, jumladan, BeSmart.net mutaxassislik qo’mitasi rahbari Maksim Potashev jalb qilingan.

EdTech Russia 2014 doirasida uchta asosiy seksiya ish yuritdi. Birinchi ikkitasida asoschi va sarmoyadorlar o’z tajribalari misolida onlayn ta’lim sohasidagi raqamlar, biznes-andozalar va layfhaklar haqida so’z yuritishdi.

Kechroq esa tadbirga tashrif buyurganlar o’z savollarini mutaxassislarga bera olish imkoniyatini yaratgan «Ochiq marafon» seksiyasi faoliyat yuritdi. Moscow Business School direktori Yevgeniy Plujnik ham munozaralarda ishtiok etdi.

        

Яндекс.Метрика